Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida 2 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan
Qashqadaryoda «tadbirkor»ning elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanishi oqibatida 2 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlandi
«O‘zenergoinspeksiya» ma'lum qilishicha, elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish va boshqa suiiste'mol holatlarining oldini olish maqsadida «O‘zenergoinspeksiya» hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida qo‘shma reydlar o‘tkazilgan va qoida buzilishi holatlari aniqlangan.
«G‘uzor tuman «Paxtazor» MFYda joylashgan «Kitob ip yigiruv» AJga qarashli zavod ichidagi 10 kV yopiq tarqatish binosi ichida joylashgan T-1 quvvati 1000 kVA.li transformator punktida elektr energiya iste'moli hisobi uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich aktiv ko‘rsatkichi 2015,506, reaktiv ko‘rsatkichi 946,777 bo‘lib, G‘uzor TETK bilan shartnoma tuzmasdan, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
O‘rganish natijasiga asosan, ta'minotchi tomonidan «Kitob ip yigiruv» AJga noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Shuningdek, elektr energiyasi to‘lovi uchun 2 093 105 535 so‘m qayta hisob-kitob qilindi hamda tarmoqdan ajratildi», deyiladi inspeksiya ma'lumotida.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
17:36 / 26.05.2026