Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik deputatlar Boris Jonsonning ta'til vaqtidagi xarajatlari bo‘yicha surishtiruv boshladi
Jonson Karibdagi ta'til uchun biznesmen, Carphone Warehouse kompaniyasi hammuassisi Devid Ross pul to‘laganini aytgan. Biznesmen esa bosh vazirga faqat ijaraga uy beruvchi kompaniyalar bilan bog‘lanishga yordam berganini bildirgan.
Jamoat palatasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ta'til vaqtida Karib orollariga safar qilishi bilan bog‘liq xarajatlarini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Evening Standard. Jonson dugonasi Kerri Saymonds bilan amalga oshirgan sayohat 15 ming funtga tushgan. Ular 2019 yilning 26 dekabridan 2020 yilning 5 yanvarigacha Karib orollarida hordiq chiqargan.
Palata vakili Ketrin Stoun Boris Jonson tomonidan parlamentariy axloq kodeksi buzilishi holatini o‘rganmoqda.
Safari haqida hisobot bergan Jonson Karibdagi ta'til uchun biznesmen, Carphone Warehouse kompaniyasi hammuassisi Devid Ross pul to‘laganini aytgan. Biznesmen esa bosh vazirga faqat ijaraga uy beruvchi kompaniyalar bilan bog‘lanishga yordam berganini bildirgan. Ross Boris Jonson vaqtini o‘tkazgan villaning egasi emasligini hamda uning sayohati uchun pul to‘lamaganini bildirgan.
Avvalroq Boris Jonson korrupsiyada gumonlanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024