O‘zbekiston | 12:40 / 11.05.2021
2518
2 daqiqa o‘qiladi

Firibgar o‘zganing nomidagi «Captiva»ni tanishiga sotib yubordi

Foto: autobook

2020 yil 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yashovchi R.U. tanishi I.A.ning «Captiva»sini ishonchnoma orqali Boysunning Shirinobod mahallasida yashovchi O.N.ga sotadi. Ular mashinani 17 600 dollarga baxolashadi. O.N. mashina uchun R.U.ga 6 000 dollar berib, qolgan 9 600 dollarni 23 oy muddatda har oyiga 800 dollardan to‘lab borishini aytadi.

Kelishuv amalga oshgach, O.N. 2021 yil yanvar va fevral oyida R.U.ga 800 dollardan beradi. Mart oyi uchun hisoblangan 800 dollarni esa bermaydi. R.U. «Captiva»ni qaytarib olish va o‘rtadagi kelishuvini bekor qildirish uchun  O.N. Bilan uchrashganda u  «Captiva»ni Shirinobod mahallasida yashovchi tanishi A.X.ga 18 000 dollariga savdo qilib, 8 000 dollarini olib, qolgan 10 000 dollarini 2 yilga oyma-oy berishiga kelishib, sotib yuborganligi ma'lum bo‘ladi.

U.R. ushbu holatni bayon qilib IIBga ariza beradi. Natijada 10 aprel kuni O.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Mavzuga oid