Majburiy ijro byurosining Yaşnobod tuman bölimi iş yurituvida jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.K.ning jinoyat işi böyiça undiruvçi fuqaro A.Şeremetova foydasiga jami 26,5 AQŞ dollari miqdorida jinoiy zarar undiriş haqidagi ijro işi mavjud edi.

Davlat ijroçisi tomonidan qarzdorga firibgarlik orqali orttirgan pulni ixtiyoriy tarzda qaytariş uçun muddat taqdim etilgandi. Berilgan muddat tugagaç, fuqaroga nisbatan majburiy ijro çoralari qöllanilgan va qarzdorga nisbatan çeklovlar belgilangan. Şuningdek, qarzdorning yaşaş şaroiti hamda mulkiy ahvoli örganilib, tegişli dalolatnoma rasmiylaştirilgan.

Qarzdorning xonadonidan birinçi ehtiyojdan taşqari mol-mulklar xatlanib, realizatsiya qilingan va joriy yilning 20 noyabr kuni firibgarlikdan jabr körgan fuqaro foydasiga 26,5 ming AQŞ dollari miqdorida jinoiy zarar töliq undirib berilgan. Qarz qaytarilgaç, qarzdorga nisbatan barça çeklovlar bekor qilingan.