Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlarda 13 may Ramazon hayiti kuni deb e'lon qilindi
Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi bugun, 11 may kuni Shavvol oyining hiloli ko‘rinmagani, shu sababli 2021 yilgi (hijriy 1442 yil) Ramazon oyi 30 kunda tugashini e'lon qildi.
Shunga ko‘ra, 12 may kuni Ramazon oyining so‘nggi 30-kuni bo‘ladi. Payshanba, 13 may esa Ramazon hayiti nishonlanadi.
Ayni vaqtga qadar Qatar, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va Buyuk Britaniyada ham ulamolar tomonidan Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may ekani e'lon qilindi.
Shuningdek, Rossiya musulmonlari idorasi ham 13 may Ramazon hayitining ilk kuni bo‘lishini bildirdi. Ammo mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli hayit namozi masjidda faqat diniy ulamolar tomonidan o‘qilib, onlayn translatsiya qilinishi ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Musulmonlar idorasining tavsiyasi asosida O‘zbekistonda ham Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may kuni nishonlanadi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar hayit munosabati bilan qatorasiga 4 kun dam olishi e'lon qilingan.
Mavzuga oid
19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi
13:15 / 28.04.2022
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda
19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi
06:31 / 13.05.2021