Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil shinasiga yashirilgan “gashish” va “opiy” fosh etildi
Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxonachilari Davlat xavfsizlik xizmati idoralari vakillari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro F.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida unda 1 dona polietilen o‘ram borligi, uning ichidagi modda ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 1 kg. 17 gr.ni tashkil qiluvchi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro B.B.ning xonadoni ham ko‘zdan kechirilganida, yerto‘ladagi avtomobil balloni shinasi ichiga 3 dona polietilen o‘ramlar yashirib qo‘yilganligi, mazkur o‘ramlarning ichida jami 3 kg. 90 gr. og‘irlikdagi "opiy" va "gashish" giyohvandlik vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026