Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ikki mansabdor 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
DXX Namangan viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan o‘zkazilgan tezkor tadbirda 10 ming dollar evaziga 10 gektar yerni olib berishni va'da qilgan ikki mutasaddi qo‘lga olingan.
Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi mutasaddisi Yangiqo‘rg‘on tumanidan 10 gektar yerni bog‘dorchilik uchun olib berishni va'da qilib, evaziga 10 ming dollar pora olayotgan paytda DXX tomonidan qo‘lga olingan.
Surishtiruv davomida viloyat hokimligi mutasaddisi ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tuman hokim o‘rinbosariga olib borib berishi aniqlangan va tadbir davom ettirilib u ham qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
09:48 / 23.03.2026
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi
08:52 / 19.03.2026