Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung bir nechta joyidan buklanuvchi OLED-ekran ishlab chiqdi
Foto: Yonhap
Elektron qurilmalar uchun displeylar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar Samsung va LG joriy haftada o‘tadigan Display Week 2021 ko‘rgazmasi doirasida yangi ishlanmalarini taqdim qilmoqchi. Jumladan, Samsung ko‘rgazmada mobil qurilmalar uchun bir nechta joyidan buklanuvchi ekranni namoyish qiladi.
Kompaniyaning Samsung Display bo‘linmasi ikki marta buklash mumkin bo‘lgan 7,2 dyuymli S-Foldable ekranini taqdim qiladi. Ushbu OLED-displey Samsung’ning buklanuvchi smartfonlari yangi avlodida qo‘llanadi.
Ushbu mobil qurilmalar yig‘ilgan holatda smartfondek o‘lchamda, ochilgan holatda esa planshet kabi bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya tomonlari 4:3 nisbatda bo‘lgan 17 dyuymli buklanuvchi displey ham tayyorlamoqda. Uni planshet va portativ monitor kabi qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazmada Samsung’ning ekran ostidagi kamera texnologiyasi va ekran o‘lchamini oshirish uchun yon tomonga suriluvchi displey taqdimoti o‘tishi kutilmoqda.
O‘z navbatida LG Display ko‘rgazma uchun 83 dyuymli OLED-panel va o‘z tebranishi hisobiga tashqi karnaylarsiz tovush chiqaruvchi 48-dyuymli, buklanuvchi va shaffof OLED-ekranlarni tayyorlagan.
Mavzuga oid
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026