O‘zbekiston | 20:00 / 20.05.2021
7329
5 daqiqa o‘qiladi

LG Electronics Buyuk Ipak yo‘li manzillari bo‘ylab sovg‘alar tarqatadi, u sizga ham nasib etishi mumkin

Asrlar davomida Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘lida qatnovlar to‘xtaganiga ham yuz yillar o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston dunyoning ikki tomonini bog‘lovchi chorraha maqomini hanuz yo‘qotgani yo‘q. 

Mamlakat tarixining bu yorqin jihatidan ilhomlangan LG Electronics kompaniyasi Life’s Good on the Silk Road loyihasiga start berdi. Loyiha O‘zbekistonning Ipak yo‘li o‘tgan barcha hududlarida o‘tkaziladi. 

Life’s Good on the Silk Road loyihasi – “xazinalarni qo‘lga kiritish” imkonini beradi. Unda har bir kishi LG mahsulotlari haqida ko‘proq narsa bilib olishi va LG Electronics’ning premium mahsulotlarini yutib olishi mumkin.

Loyiha 5 ta shaharda: Nukus, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkaziladi. Lekin loyiha tadbirlarida istalgan boshqa hududda yashovchilar ham ishtirok etishi mumkin. 

LG har bir viloyatdagi tadbirlarda turli xil sovrinlarni ishtirokchilarga taqdim etishni maqsad qilgan:

  • Farg‘onada – LG InstaView™ Door-in-Door muzlatkichi;
  • Samarqandda – LG Artcool Gallery A12FT konditsioneri;
  • Buxoroda – LG CX 55'' 4K Smart OLED televizori;
  • Nukusda – LG Twin Wash kir yuvish mashinasi;
  • Toshkentda – XBOOM PL7 kolonkasii, Tone Free FN 6 simsiz naushnigi, CordZero A9 changyutgichi va CordZero VR Robot robot-changyutgichi sovrin sifatida qo‘yilgan.

Aksiyaga 17 mayda Farg‘onada start berildi.

Unda ishtirok etishni xohlaganlar Farg‘ona shahrida yashovchi voyaga yetgan shaxslar bo‘lishi kerak. Agar siz shu toifada bo‘lsangiz, demak, qatnashish uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz talab etiladi:

  • LG do‘konlardan biriga borib, loyiha haqidagi stikerni oling va mana shu stiker bilan birga u ko‘rinadigan variantda LG muztalkichlari bilan birga rasmga tushing.
  • So‘ng @lguzbekistan Instagram sahifasiga obuna bo‘lish va suratga tushilgan muzlatgichning istalgan biror funksiyasiga haqida #LGUzbekistan #LGFergana #LGSilkRoad heshteglari bilan post qo‘yish kerak bo‘ladi.

Heshteglar ko‘rinishi uchun profiliningiz ham ochiq bo‘lishi kerak. Aksiyada qatnashish imkoni bir kishiga bir marta beriladi: ya'ni bir shahar, bitta Instagram profili va bitta foto.

Aksiya 17 maydan 3 iyungacha davom etadi.

G‘olib 5 iyun kuni Farg‘ona shahri Sayilgoh 42 manzilida joylashgan LG brend do‘konida o‘tkaziladigan tadbirda tasodifiy raqamlar generatori orqali tanlab olinadi.

Siz loyihada qimmatbaho sovg‘a yutib olishdan tashqari yana bir noyob imkoniyatga egasiz. Ro‘yxatdan o‘tish orqali LG mahsulotlari uchun ko‘rsatiladigan bepul servisdan ham foydalanishingiz mumkin.

Servis LG smartfonlaridan tashqari 2017 yildan keyin ishlab chiqarilgan barcha LG mahsulotlari uchun ko‘rsatiladi. 

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun:

1. 3 iyungacha 0 800 120 22 22 raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish;

2. Ro‘yxatdan o‘tishda mahsulot haqidagi barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etish;

3. Va 5 iyun kuni tadbir o‘tadigan manzil – Sayilgoh 42da joylashgan LG Electronics do‘konining xizmat ko‘rsatish markaziga o‘zingiz bilan LG mahsulotingizni olib kelishingiz kerak bo‘ladi.

Loyiha haqida yana qo‘shimcha ma'lumot sizni qiziqtirsa, www.LGblog.uz manzili orqali olishingiz mumkin.

Eslatma: Loyiha tashkilotchisi aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega, shuning bilan birga har bir o‘zgarishni www.lgblog.uz manzilida e'lon qilib borish majburiyatini oladi.

Sayt: lgblog.uz

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid