Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning Tokio Olimpiadasi bekor qilinishidan ko‘radigan zarari ma'lum qilindi
Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilinishi Yaponiyaga taxminan 1,81 trln iyenga (17 mlrd dollar) tushadi. Bunday hisob-kitoblarni Nomura tadqiqot instituti taqdim qildi.
Ekspertlar Olimpiada o‘tkazilgandan keyin mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olsa, uni jilovlash uchun favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilinishi va bundan ko‘riladigan zarar yanada ko‘proqni tashkil qilishi mumkinligidan ogohlantirishgan.
“Agar O‘yinlar bekor qilinsa ham, undan ko‘riladigan iqtisodiy zarar favqulodda vaziyat rejimidagidan kamroq bo‘ladi”, deb aytgan institut xodimi Takaxide Kiuti.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi tomoshabinlarsiz o‘tkazilsa, u 1,66 trln iyen foyda keltiradi. Bu esa Olimpiada yaponiyalik tomoshabinlar bilan o‘tkazilganda olinadigan foydadan 146,8 mlrd iyen kamroq bo‘ladi.
O‘tgan hafta Tokio Olimpiadasi muvofiqlashtiruvchi komissiyasi rahbari Jon Kouts pandemiya sababli bir yil keyinga ko‘chirilgan O‘yinlar Yaponiyada favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilinsa ham belgilangan muddatda, ya'ni 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026