– Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorining özi mol-mulki, aktivlari va daromadlarini oçiqlay oladimi?

— Oçiqlay olasizmi emas, birinçi örinda biz namuna körsatişimiz kerak. Avvalo, men oila a'zolarimning mol-mulkini deklaratsiyalaşga majburman. Birinçidan, aynan şu taşkilot, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining vakili sifatida majburman, ikkinçidan, biz bunga namuna bölişimiz kerak, uçinçidan, bunga tayyormiz. Tizim işga tuşgan kuniyoq agentlik xodimlari, rahbariyati mol-mulkini deklaratsiyalaydi.

— Budjetdan taşqari fond va jamğarmalardan ham qöşimça pul mablağlari oladigan amaldorlar daromadlarining şakllanişida korrupsiya holatlari bormi?

— Amaliyotda köplab davlat xizmatçilari bazaviy oyliklaridan taşqari turli jamğarmalardan, budjetdan taşqari mablağlar, qöşimça ustamalar olib oyliklari ikki-uç barobarga oşib ketgan holatlar bor. Agar bu holatlar haqiqatan KPI tizimi, ya'ni özlarining mehnatlariga yaraşa böladigan bölsa, buning heç qanaqa yomon joyi yöq, deb öylayman. Öşa taşkilotning xatti-harakatlari, faoliyati natijasi ölaroq bu pullar budjetdan taşqari fondda köpaygan bölsa, bu xodimlarga berilişi kerak, ammo jamoatçilikka oçiq bölişi kerak. 

Hozir davlat xizmatçilari daromadlari, mol-mulkini deklaratsiyalaş tizimini tezlatişimiz, ya'ni daromadlarini qayerdan topayotganini, ikkinçisi, turli jamğarma va fondlardan kelib tuşadigan mablağlar va ularning sarflanişini oçiqlaşimiz kerak.

— Amaldorlarning qöşimça daromadlari borasida agentlik örganişlar ötkazganmi?

— Har qanday fuqaro har yili daromadlarini deklaratsiyalaşi kerak. Bu majburiy. Bugungi kunda Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligining deklaratsiyalaşni nazorat qiladigan vazifasi yöq, bu agentlik töğrisidagi yangi qonun loyihasida aks ettirilyapti, ya'ni deklaratsiyalaşni talab qiliş va daromadlarini oçiqlamagan taqdirda ularni javobgarlikka tortiş masalasi bor. Şu qonun qabul qilingandan söng biz davlat xizmatçilarining qöşimça mablağlarining kelib çiqiş manbalarini körsatişini ta'minlaş böyiça vazifalarimizni amalga oşiramiz.

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burhonov