12 iyun kuni Kun.uzʼda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2023 yilning eng qoniqarsiz taşkilotlaridan biri bölgani hamda inspeksiya rahbariyatining bunga izohi e’lon qilingandi.
Inspeksiya boşliği Kozim Tölaganov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligdan uning rahbarligidagi idoraga nima sababdan bunday salbiy natija qayd etilgani haqidagi savolga javob ololmaganini aytgandi. Quriliş vazirligining yana bir vakili, Texnik me’yorlaş va standartlaştiriş ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şerzod Sodiqov esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi reytingni tuziş metodikasini taqdim etmaganini ma’lum qilgandi.
Agentlik bunga rasmiy munosabat bildirib, inspeksiyaning bunday vaj keltirgani noörin ekaniga işora qildi. Ta’kidlanişiça, inspeksiyaning 2023 yildagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligi prezidentning tegişli qarorida belgilangan 5 ta yönaliş doirasida 29 ta indikatorga asosan e-anticor.uz maxsus elektron platformasi orqali baholangan.
Uning natijalariga köra, platformaga bir qator ma’lumotlar joylaştirilmagani sababli inspeksiyaning korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi samaradorligi 100 balldan 46 ball bilan “qoniqarsiz” deb qayd etilgan.
“Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, baholaş va ularni kamaytiriş böyiça tadbirlarning amalga oşirilgani, Inspeksiya markaziy apparatida xodimlari tomonidan manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiya töldirilgani, aniqlangan manfaatlar töqnaşuvi holatlari va uni tartibga soliş böyiça qabul qilingan çoralar, işga qabul qilinuvçi nomzodlar hamda kontragentlar ustidan ötkazilgan tekşiruvlar, xodimlarni korrupsiyaga qarşi öqitilganlik holatlari yuzasidan qarorda belgilangan ma’lumotlar taqdim qilinmagan.
Bundan taşqari, inspeksiya rahbarining xodimlar va jamoatçilik uçun korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid murojaati mavjudligi, uning xodimlar e’tiboriga yetkazilgani, hay’at yiğilişlari va boşqa yiğilişlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş holatlarining körib çiqilgani hamda Inspeksiya rahbarlari va ularning örinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça çiqişlari böyiça ma’lumotlar ham taqdim qilinmagan”, – deyiladi rasmiy xabarda.








