Sut mahsulotlari sotuvidan nufuzli brend dilerligigaça: marhamatlik Uluğbekning sarguzaştlari
|18:49 / 29.05.202122 35115 min
UzbekLife xorijdagi hamyurtlar bilan intervyularni davom ettiradi. Qahramonimiz Uluğbek Murotbekov Andijon viloyatining Marhamat tumanida tuğilgan. 2014 yildan beri BAAning Dubay şahrida işlab kelmoqda. Hozirda xalqaro “Transmed” kompaniyasi dileri.
Velosipedni maşinaga “aylantirdik”
Oilada 6 kişidan iboratmiz: ota-onam va 4 öğil. Men eng kiçigiman. Oilamiz yoşligimdan sut mahsulotlari savdosi bilan şuğullanar edi. Esimda, 2001-2002 yillardan boşlab, eng katta akam ‒ Davronbek şu işni yölga qöygan edi.
Akalarim boşida velosipedda yurib, Marhamat tumanidagi odamlardan sut töplaşar, söngra, Andijon va Şahrixondagi sut zavodlariga sotib kelişardi. Keyinçalik velosipedlar mototsiklga almaştirildi. Va nihoyat, “Damas” avtomaşinalari sotib olindi.
2009 yilga kelib, tumanimizda kiçik sut mahsulotlari işlab çiqaradigan zavod oçdik. Hozirda 10 ga yaqin sut mahsulotlari “Marhamat-sut” brendi ostida işlab çiqarilyapti.
Men asosan, qança sut mahsulotlari zavodga kelyapti, qança mahsulot işlab çiqarilyapti, şuni dasturlaştirib, rejalaştirar va şu orqali oilamga yordam berar edim.
Qişloq va dastlabki ta'lim
Tuğilgan göşam ‒ Marhamat tumanidagi “Yangi hayot” qişloğiga muhabbatim baland. Samimiy insonlari, bahavo havosi, sölim tabiati öziga xos. Tumanda özbeklardan taşqari, qirğiz, uyğur, qozoq va tojiklar ham yaşab kelişadi.
Bolaligim faqat tuman hududida ötgan. Şu yerdagi 42-maktabda 6-sinfgaça ta'lim olganman. Ingliz tilini ham şu maktabda örganganman. Dilorom opa degan ingliz tili öqituvçimiz bölardi (Alloh rahmat qilsin). Opa darslarni özgaça, interaktiv usullarda qiziqtirib ötardi va bu til örganişimga asosiy turtki bölgan.
Hayotimdagi keskin buriliş
6-sinfni tamomlab, 7-9 sinflarni tumandagi aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan 3-litseyda öqiganman. Rostini aytsam, u yerda baholarim “4” edi.
Negadir e'tiborimni köpinça ingliz tili öziga ohanrabodek tortaverar edi. Tuman olimpiadalarida ham ingliz tili böyiça doim yuqori örinlarni qölga kiritganman.
9-sinfda öqib yurgan paytlarimda hayotimda keskin buriliş böldi desam, mubolağa qilmagan bölaman. Tumanimiz öquvçilari nomidan şahar bosqiçiga qatnaşiş uçun borgan edim. Tanaffusda oldi qatordagi 4-5 nafar tengdoşimning ingliz tilida juda ravon sözlaşişlari e'tiborimni tortdi. Rosti, bir tarafdan ularga havasim kelgan bölsa, ikkinçi tarafdan hafsalam pir böldi. “Speaking”da bildimki, ulardan ortib, menga örin tegmaydi.
Mavzuga oid
Ulardan qayerda öqişlarini söradim. Andijon şahrida “Taraqqiyot” öquv markazida ta'lim olişlarini aytişdi. Uç nafar döstim bilan şu markazga borib, hayratda qolganmiz. Deyarli 60-70 foiz öquvçi faqat xorijiy tilda sözlaşardi. Bu yerda 4 yil mobaynida ta'lim oldim. Markaz direktori Gennadiy Morozov va barça öqituvçilardan ğoyat minnatdorman.
Aslida, möljal Yaponiya edi
Köpçilik hayron böladi, nega aynan Dubay, BAA deb! Aslida, menga Yaponiya davlatining ta'limi ma'qul kelgan edi. Litseyni tugallaş arafasida özimizning oliygohlar bilan bir qatorda, xorijiy OTM uçun ham hujjatlar töğrilay boşladim. Yaqin döstlarim bilan yapon tilini örganişga kirişdik. Inşolar yozib, ularni “kunçiqar yurt” vakillariga jönatdik.
Qiziği, döstlarimga 80 foizlik grant çiqqan bölsa, meni 50 foizlik grant dasturiga taklif qilişdi. Holbuki, bir-birimizga yordam bergan holda inşolarni yozgan edik.
Tabiiyki, tuşkunlikka tuşdim. Döstlarim Yaponiyaga ketişdi. Töğri, oilamdagilar 50 foizlik grant dasturida ta'lim olişimga rozi bölişdi, lekin men bunga könmadim. Oilamga qiyinçilik bölişini istamadim.
Dubay haqida hatto, tasavvurga ham ega emas edim
Şu orada men “Taraqqiyot” öquv markazida “Öquvçilarni qabul qiliş” bölimida qisqa muddat işladim. Yapon tili saboqlari va universitetlarni izlaşni töxtatmadim. Kunlardan birida hamqişloq: Husanboy va Abdulhamid akalar uyimizga kelib, mendan ingliz tilini örgatişni iltimos qilişdi. Men rozi böldim.
Bir oy mobaynida işdan söng, ularga xorijiy tildan saboq berdim. Nima masalada ekanligini söraganimda, Dubayda işlaş uçun örganişayotganini aytişdi.
Balki işonmassiz, öşangaça menda Dubay haqida heç qanday tasavvur yöq edi. Hatto, uning şahar yo davlat ekanligini aniq bilmasdim. Ularga omad tiladim. Şu orada yana Yaponiga grant yutiş harakatida edim.
Bir kuni Dubayda işlayotgan sobiq öquvçilarimga aloqaga çiqqanimda, “Jumeirah Group” mehmonxonasida işlaşayotganini aytişdi. Yaponiya bölgan qiziqişim BAA tomon yönaldi. Dubay haqida izlanişlar olib borar, videoroliklar körardim. Va şu tariqa arab diyoriga ketişga qaror qildim.
Assalom “Jumeirah group”
Avvaliga ota-onam rozi bölişmadi. Ular meni qiynaladi, deb öylaşdi. 2013 yilining dekabrida Dubayga keldim va iş qidirişni boşladim.
Şu yillari yurtimizdan Dubayga işga jönatadigan, iş bilan ta'minlaydigan taşkilotlar yöq edi.
Boşida iş topişga qiynaldim. Töğri, köplab iş çiqdi, ba'zilarining oyligi, ba'zilarining taklif qilgan işi yoki şaroiti töğri kelmadi. Viza muddati tugaş arafasida qadrdon akalardan biri Husanboy aka iş joyida iş örni borligi haqida aytib qoldi. “Jumeirah group”ning “Jumeirah Beach Hotel” mehmonxonasiga işga kirdim. Menga köpinça nega aynan Dubay şahrini tanlagansiz, deb savol berişadi. Savolga javob topiş uçun şu şaharga kelib, işlab, öz közlari bilan körişlari kerak, deb öylayman.
Dubay ‒ juda katta imkoniyatlar şahri. Yetti amirlikning içidagi eng rivojlangan şahar hisoblanadi. U yerdagi söz erkinligi, barça sohalarda servis xizmati yaxşi yölga qöyilgan.
Bu yerda qanday inson yoki qaysi kiyimda ekaningiz, amalingiz ularni qiziqtirmaydi. Barçaga bir xil xizmat körsatiladi. Mehmonxona eşigidan içkariga kirildimi, siz mehmonxonaning aziz mehmoni hisoblanasiz.
Bu yerda kompaniyalarga egalik qiladigan yurtdoşlar ham bor
Avvalo, barçasi Allohdan. Qiyinçilik bilan bölsa-da, iş topsa böladi. Yurtdoşlarimizning aksariyati mehmonxona, savdo-sotiq, köçmas mulk sohasida işlaşyapti. Yetarli bilim hamda malakaga ega bölsa, işlay oladi. Öz biznesini yölga qöygan, özbek oşxonalari oçgan, hatto, katta kompaniyalalarga egalik qiladigan özbeklar bor bu yerda.
Yuqorida ta'kidlaganimdek, xizmat körsatiş, imkoniyatlar va tinçlik şahri. Hamma öz işi bilan band. Birov bilan birovning işi yöq.
Dubayga köplab mamlakatlardan migrantlar kelib işlaydi. Ob-havosi juda ajoyib. Aksariyat odamlar BAA orollarini çöl va 50 gradus issiq deyişadi. Aslida, Birlaşgan Arab Amirliklarida ikki fasl: qiş va yoz mavjud. Ya'ni, 6 oy qiş bölsa, 6 oy yoz davom etadi. Menga köproq qiş fasli yoqadi. Iyul-avgust oylarida havoning harorati 50 gradusdan ortiqni ham taşkil qilişi mumkin. Namlik hisobiga yozda yuriş sal qiyinroq.
Dastlabki mehnat faoliyatim haqida
Rasman 2014 yilning yanvar oyidan iş faoliyatim boşlangan. Ilk iş joyim ‒ yoş bolalar klubi edi. Kelgan mehmonlarning 2-12 yoşgaça bölgan farzandlarining vaqtini çoğ ötkaziş maqsadida, ular bilan turli dasturlar, köngiloçar öyinlari ötkazar, sport turlari bilan şuğullantirar edik.
Qabulxonada 9 oy mobaynida işladim. Söngra “Jumeirah grouop” tarkibidagi boşqa firmaga hujjatlarimni topşirdim. Uşbu brend ostidagi mehmonxonalar yonma-yon joylaşgan. “Madinat Jumeirah”ning “Dar Al Masyaf” qabulxonasiga qabul qilindim.
Mas'uliyat katta edi. Tabiiyki, bu yerga keladigan mehmonlar muammosiz dam olişni xohlaydi. Ularga sifatli xizmat körsatişga harakat qilar edik. Osmonöpar “Burj Xalifa”da ovqatlaniş, turli qimmatbaho avtomaşinalarda çölni sayr qiliş, musaffo dengiz yo basseynlarda dam oliş kabi işlarni taşkillaştirardik.
Aksariyat mehmonlar çölda sayohat qiliş va golf öynaşni yoqtirişardi. Öşa paytda şu brend yangi mehmonxona qurayotgandi. Menejyerimning özi taklif bilan çiqdi, men rozi böldim. Işxonaga yangi kelgan xodimlarga iş örgatdik. “Food-Testing” qilib turli ovqatlardan tatidik, servislarni tekşirdik. Xuddi sayyohlardek yaşadik 1 hafta davomida. Bu juda muhim edi, albatta.
Yangi mehmonxona oçilişi juda qiyin bölarkan. Ikki oy davomida muammolar bölib turdi. 2017 yilning yoz oylarida boşqa sohada özimni sinab köriş istagi tuğildi.
Xato keçirilmas edi
Portugaliyaning “Sacoor Brothers” kompaniyasidan taklif oldim. Bu yerda oylik köp, ammo qulayliklar kamroq edi. Oçiği, bir oy qiynaldim. Hisobim böyiça 7 oy mobaynida sotuvçi bölib işladim.
Kompaniyaning 30 ga yaqin dökonlari bor edi. Keyinçalik “Supervisor – guruh sardori” lavozimiga ötdim. Kostyum-şim, futbolka, oyoq-kiyimlar sotilardi. Bu lavozimda uç oy işladim. Kunlardan birida kompaniya rahbarlari biz bilan trening ötkazdi. Treninglar davomida kadrlar bölimi boşliği menga «agar senga imkon berilsa, boş ofisga borib işlarmiding?», deya taklif bildirdi. Rosti, kutmagan edim.
Meni Brend-trener qilib işga olişmoqçi edi. “Sacoor Brothers”kompaniyasida qariyb 2,5 yil işladim. Bu yerda özim uçun katta tajriba töpladim. Qoidalar juda qattiq, barça xodimlar xato qilmaslikka urinardik. Sababi, xato keçirilmas edi.
Va nihoyat, “Transmed” kompaniyasi
Hozirda “Transmed”kompaniyasida faoliyat olib bormoqdaman. Bunday kompaniyalar BAAda juda köp ekanini qayd etişni istardim. Asosiy iş dilerlik, ya'ni, ta'minotçilikdan iborat.
“Transmed”kompaniyasi 1946 yili Livanda taşkil topgan va BAAga 1975 yili kirib kelgan. Bugungi kunda Afrika qit'asi mamlakatlari va Turkiyada ham faoliyatini olib boradi.
Asosan, insonlarning kundalik ehtiyojlari va iste'mol mahsulotlari: şampun, sovun, bolalar tagligi (pampers), ayollar gigiyenik vositalari kabi brendlar. Biz BAAdagi yagona ta'minotçi hisoblanamiz.
Uşbu kompaniyaga kelişimga Davronbek aka sababçi bölgan.Ular bu kompaniya haqida ma'lumot bergaç, qiziqişim ortib, hujjat topşirganman. Ön ikki nomzod içidan meni tanlaşgan.
Dubayda gipermarketlar köp. Xususan, brendlar ham. “Carrefour”,“Lulu”, “Union Coop”,“Sharjah cop”, “Emirates coop” şular jumlasidan. Biz asosan, kompaniyalar örtasida vositaçi – biznesni rivojlantiriş xodimi hisoblanamiz. Mahsulotlar haqida öz takliflarimizni beramiz. Gipermarketlardagi mahsulotlar biz tomondan sotilgan brend mahsulotlaridir.
Masalan, bolalar tagliklarining turli ölçamlari bor. Agar birorta ölçam sotilmay qolsa, biz uçun xunuk iş hisoblanadi. 10 xil mahsulot bölsa, hammasi gipermarketlarga borişi kerak. Bölmasa, bu salbiy oqibatlarga olib keladi.
Şahardagi deyarli har bir gipermarketda xodimimiz bölib, ular holatlarni tekşiradi: mahsulotlarning turişi, sifati, talabgirligi degandek. Mahsulotlarimiz har bir gipermarketda bir xil turişi kerak. Merçendayzerlar rastalar holatiga javob berişadi. Xullas, hamkorlikda, doimo aloqada faoliyat yuritiladi.
Yaşaş uçun kuraş şiddatli keçadi
Ba'zida, ijtimoiy tarmoqlar orqali bu yerga kelib işlaş haqida savollar berişadi. Xöş, mehmonxona yoki savdo-sotiq sohasida iş topiş imkoniyati katta. Bunda, albatta, ingliz tilini biliş juda muhim. Köp döstlarim tilni bilmagaç, işlay olmay, qaytib ketişgan. Tilni bilmay keliş katta xato.
Işga oliş tartibi qat'iy prinsiplar asosida. Nazarimda, Dubayning hamma yeri ham havas qilarli darajada emas. Hindistonlik, pokistonlik, bangladeşlik mehnat muhojirlari juda köp. Qiyin şaroitlarda işlayotganliklarining guvohi bölganman. Bunday işlarga taklif qilmagan bölar edim.
Iş beruvçi kompaniyalar köp. Ammo iş qidirganlar undan ham köp. Misol uçun, bu yerga kelib, bir oy iş qidirasiz. Topilgaç, yana bir oy kutişga majbursiz. Sababi viza, işga joylaşişda zarur böladigan hujjatbozlik, suhbat va hokazolar. Oylik esa oyning oxirida. Uy ijarasi va yaşaş uçun esa pul kerak.
Agar Dubayga kelib, 3-4 oy işlab yaxşi daromad qilaman desangiz, adaşasiz. Kelişingiz bilan iş topsangiz ham, topganingiz viza va bilet pulini ham qoplamasligi mumkin. Yurtimizda esa öz uyidan turib pul topayotgan tanişlarim borligini bilaman.
Dubayga kelib işlamoqçi bölgan inson obdon puxta öylaşi, reja qilişi kerak. Öz ustida işlab, rejani 3-4 yil deb qöyiş kerak. Eng kamida Dubay bilan töliq tanişiş uçun bir yil vaqt ketadi.
Yurtimizdagi köp tanişlarim faqat diplom oliş uçun öqiyotganini aytişadi. Öqigan sohasida iş topiş juda qiyin. Nufuzli universitetlarda öqişgan bölsa-da, Dubayda oddiy işlardan boşlaşgan.
Bu şaharda ta'lim şartnoma pullari juda qimmat: Özbekistonda qizil diplom olgan bölsangiz ham, bu yerda oddiy işçi bölib işlaşingizga töğri keladi.
Hukumat mahalliy aholidan xavotirda
Bu şaharda köplab nufuzli universitetlarning filiallari faoliyat yuritadi. Guvohi bölganim, mahalliy aholining işlamaslik darajasi tuşib ketyapti. Hozirda hukumat tomonidan mahalliy aholini işga joylaştiriş ğoyasi hayotga tatbiq etilmoqda. Şu bois har bir taşkilotda mahalliy aholini körişingiz mumkin. Hukumat kelajakda aholisi işsiz, tajribasiz bölib qolişidan xavotirda.
Özbeklar haqida yomon gap eşitmaganman
Muhojirlarga nisbatan munosabat yaxşi, irqçilik yöq hisobi. Hammani birdek körişga harakat qilişadi. Yurtdoşlarimiz haqida munosabatlari, fikrlari yaxşi. Şu vaqtgaça özbeklar haqida yomon gap eşitmaganman.
Bugungi kunda Dubay, umuman amirliklarda yurtdoşlarimiz soni keskin ösyapti. Xoh u ovqatlaniş tarmoği yoxud savdo körsatiş şoxobçasi bölsin, albatta, yurtdoşlarni körişingiz mumkin.
Bundan 6-7 yil ilgari asosan Toşkentdan kelgan mehnat muhojirlarini uçratar edim. Sönggi paytlarda vodiylik yurtdoşlar ham köpayib bormoqda. Ingliz tiliga qaratilgan yuksak e'tibor tufayli, deb bilaman buni. Hozirda Dubay şahrida Marhamatning özidan 30-40 kişi “rizq”ini terib yuribdi.
Maqsadim: Dubaydagi xizmat körsatişni yurtimizda tatbiq etiş
Rejalarim bisyor. Dubaydagi servis darajasini yurtimizga, xususan, Marhamat tumaniga olib kiriş.
Oilam, ya'ni, ayolim va farzandim bilan Dubayda istiqomat qilaman. Albatta, yurtni soğinaman. Deyarli har kuni uydagilar bilan aloqadamiz. Rejalarim köp, ammo butunlay ketiş niyatim yöq, hozirça. Şuningdek, oliy ta'lim oliş niyatim ham yöq emas.