18:07 / 30.05.2021
9548

EPSILON (EDC): Kutilma zaxiralari 25 mlrd kub. m gaz va 1230 ming tn kondensat bo‘lgan yangi – Shirinobod gazkondensat koni ochildi

Joriy yilning 30 may kuni Shirinobod tuzilmasida joylashgan Nishon-1 qudug‘ida olib borilgan mukammal ta'mirlash va GRP ishlari yakunlangach, quduqdan kunlik hajmi 100 ming kub. m gacha bo‘lgan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Mazkur ko‘rsatkich kutilma zaxiralari 25 mlrd kub. m gaz va 1230 ming tonna kondensatni tashkil etgan yangi kon ochildi deb hisoblashga asos bo‘ladi.

Kutilma zaxiralarini tasdiqlash uchun yangi quduqlarni burg‘ilash boshlab yuborildi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya qilingan tarzda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top