Oçiqlik siyosatiga raxna. Ijtimoiy tarmoqlar bloklansa...
|21:40 / 30.05.202165 2819 min
Yangi qabul qilingan va ijrosiga kirişilayotgan qonunga köra, Facebook, Telegram, Instagram, TikTok, Twitter kabi asosiy ijtimoiy tarmoqlar Özbekiston hududida taqiqlanişi mumkin. Bu esa bir neça öta jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi.
Foto: Rafael Henrique/Getty ImagesFoto: Rafael Henrique/Getty Images
Borgan sari globallaşayotgan dunyoda mamlakatlar bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan boğlanib bormoqda. Köplab kompaniyalar özlarining potensial mijozlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali qidirişmoqda. Bu – bugungi kundagi eng arzon va samarali usul.
Ammo ma'lum mamlakatlarda ba'zi ijtimoiy tarmoqlar bloklangan va bu tadbirkorlik muhiti rivojlanişiga, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta'sir ötkazadi.
Qaysi mamlakatlarda ijtimoiy tarmoqlarga çeklovlar örnatilgan?
Şimoliy Koreya
KXDRda ijtimoiy tarmoqlar va internetga «qizdirilgan temir uşlagiç» sifatida qaraladi. Barça ijtimoiy tarmoqlar bloklangan va VPN’dan foydalanişga uringan şaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ikkiga bölingan Koreyaning «demokratik» qismida faqatgina omad tufayli universitetda yuqori nazorat ostidagi kompyuterdan foydalaniş mumkin. Mamlakatdagi barça siyosiy axborotlar Koreya Markaziy yangiliklar agentligi (KCNA) tomonidan berib boriladi. Bu – mamlakatdagi yangiliklar naşr etişga ruxsat berilgan yagona manbadir.
Internetga kiriş huquqi elitaning juda ham tor doirasidagina mavjud bölib, «baxtli kişilar röyxati» şaxsan Kim Çen In tomonidan tasdiqlanadi.
KXDRga taşrif buyurgan çet elliklarning ta'kidlaşiça, poyezdlar mamlakat aholisi uçun ijtimoiy tarmoqlar vazifasini ötaydi. Şu yerdagina ular bir-birlari bilan tanişişi va kundalik hayoti haqida fikr almaşişi mumkin.
Turkmaniston
Turkmaniston eng sekin va eng qimmat internetga ega mamlakatlar röyxatida oldingi örinlarda turadi. Mamlakatda Facebook, Twitter, VKontakte, YouTube kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlarga kiriş imkoni yöq. Faqat bitta «Turkmentelekom» nomli davlat provayderi bor.
Mamlakatda internetga individual kirişga birinçi marta 2008 yilda ruxsat berilgan. Inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlar va axborot agentliklari tomonidan boşqariladigan veb-saytlar bloklangan. Uşbu senzuradan ötişga uriniş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Bu yerda faqatgina Rossiyaning «Odnoklassniki» va «Mail Agent Chatting» ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanişga ruxsat berilgan.
Xitoy
Biznes uçun jozibali mamlakat sifatida qaraladigan Xitoyda ham Facebook, Twitter, YouTube va boşqa köplab ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Internet senzurasi mamlakatda «Xitoyning buyuk xavfsizlik devori» sifatida talqin etiladi.
Mavzuga oid
Xitoyning internetga nisbatan çeklovlari dunyoning boşqa barça mamlakatlariga qaraganda ança keng va murakkabdir. Noqonuniy onlayn kontentlarni olib taşlaş va politsiyaga algoritmlar işlab çiqişda yordam beriş maqsadida sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritiladi.
Den Syaopinning sevimli sözlari bölmiş «Agar siz derazani oçsangiz, toza havo ham, paşşalar ham uçib kiradi» – Xitoy xavfsizlik devori loyihasining siyosiy va mafkuraviy asosi hisoblanadi.
Kommunistik partiya yuritadigan erkin iqtisodiy siyosatga qaramay, boşqa siyosiy ğoyalar va mafkuralar haligaça jamiyat uçun xatarli deb baholanadi.
Pokiston
Pokiston qonunçiligida ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan «oqilona çeklovlar» örnatgan. 2019 yilda Milliy Assambleyaning Axborot texnologiyalari böyiça doimiy komissiyasi mamlakat hududida 900 ming URL manzil bloklangani töğrisida axborot bergan.
2021 yilning aprelida «Ijtimoiy media platformalarini blokirovka qiliş» deb nomlangan buyruq bilan Pokiston telekommunikatsiya idorasi Twitter, Facebook, WhatsApp, YouTube va Telegram kabi ijtimoiy media platformalariga nisbatan kunduzgi 11:00dan 15:00gaça çeklovlar kiritgan. Mahalliy aholining ta'kidlaşiça, çeklovlar kunning boşqa qismida ham amal qilmoqda.
TikTok platformasi esa «axloqsiz va nomaqbul» videolar tarqatgani uçun töliq bloklangan.
Eron
Dunyo miqyosida internetdan foydalaniş hajmi oşgani sayin Eronda internet senzurasi kuçayib, dunyoga maşhur köplab veb-saytlar bloklangan. Xususan, 2019 yildagi norozilik namoyişlari paytida 1 hafta davomida internet töliq bloklab qöyilgan.
Ayni vaziyatda mamlakatda Twitter, Facebook, WhatsApp, YouTube va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş böyiça töliq taqiq joriy qilingan.
SurfShark tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, sönggi 5 yil içida 60dan ortiq mamlakat repressiya vositasi sifatida internet blokadalarini işlatgan. Bu kabi çoralar asosan fuqarolararo nizolar va norozilik namoyişlari paytida amalga oşirilgan.
Özbekistonda ham ommabop ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi mumkin
2021 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi taşabbusi bilan «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunga quyidagi mazmunda 27-1-modda qöşildi:
«Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini ta'minlaşi şart».
Qonunning bu yangi moddasi 2021 yil 16 apreldan kuçga kirdi.
Şu modda asos qilinib, Facebook, Telegram, Instagram, TikTok, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, Gmail, Mail.ru poçta xizmatlari va Google, Yandeks kabi internet servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan ma'lumotlar bazalarini (serverlari) jismonan Özbekistonga olib kelib saqlaşlari şartligi aytilmoqda.
AKT vazirligiga köra, serverlarda olib kelinişi talab qilinayotgan şaxsiy ma'lumotlar sirasiga fuqarolar tarmoqda röyxatdan ötiş uçun işlatadigan ism-familiya, telefon raqam va pasport ma'lumotlar kiradi.
Qonun qabul qilinganini hisobga olsak, agar yirik kompaniyalar bu talablarni qabul qilmasa, Özbekiston hududida ularning faoliyati tugatilişi heç gap emas.
Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi qanday salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin?
Sönggi yillarda axborot texnologiyalari hayotimizdagi butun ijtimoiy muhitni jadal sur'atlar bilan özgartirdi. Xöş, ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi Özbekiston uçun qanday ta'sir qilişi mumkin?
Iqtisodiy ta'siri. Ommabop ijtimoiy tarmoqlarga çeklov örnatilişi iqtisodiyot uçun önglanmas zarba böladi. Facebook, Twitter kabi tarmoqlarda faqatgina siyosiy va ğoyaviy ma'lumotlar berib borilmaydi, balki bu yerdan köplab biznes uslublari, yangi innovatsion taqdimotlar yoki yuklangan videolar orqali kundalik hayotda işlatiş mumkin bölgan texnologiyalarni örganiş mumkin.
Şuningdek, köplab biznes treninglarni kuzatiş imkoniyati bor. Tarmoqning bloklanişi natijasida ma'lumotlar oqimining kelişi ham töxtaydi. Natijada iqtisodiyotning dunyodan uzilib qoliş tendensiyasi boşlanadi.
BBS Özbek xizmati xabariga köra, Özbekistondagi bu yangilikni Facebook kompaniyasi salbiy qarşi olgan. Naşrga yetib kelgan ma'lumotlarga köra, Facebook Rossiya, Xitoy va Özbekiston kabi davlatlar bu yöl bilan söz erkinligini jilovlaşga urinayotganidan xavotirda.
Ijtimoiy ta'siri. Aholi orasida qörquv muhiti kuçayadi. Va'da qilingan islohotlar uçun işonçga juda katta putur yetadi. Yöqotilgan işonçni qaytib tiklaş esa oson bölmasligi aniq.
Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlar – faol muloqot vositasi. U orqali millionlab özbekistonliklar fikr almaşyapti. Fikr almaşiş esa faqat taraqqiyotga xizmat qiladi. Plyuralizm bejiz taraqqiyot omili sifatida e'tirof etilmaydi.
Birgina şu ikki omilning özi masala kölamini körsatadi va boşqa ijtimoiy ta'sirlar haqida fikr yuritişga hojat qoldirmaydi.
Endi savol paydo bölişi mumkin, Xitoy ijtimoiy tarmoqlarni bloklab, iqtisodiy taraqqiyotga erişyapti-ku? Telegram'ni bloklab, özining WeChat'ini yaratdi-ku, mana?
Ayni paytda Xitoyni butun dunyo bilan taqqoslaşning imkoni yöq. Xitoyning özi alohida bir dunyo. Bir milliarddan ortiq aholiga ega mamlakat öz aholisining axborot almaşişga bölgan ehtiyojini özi qoplay oladi.
Özbekistonda esa bunday salohiyat yöq. Ehtiyojni ta'minlay oladigan tarmoq va messenjerlar işlab çiqiş haqida gap bölişi mumkin emas. Jahon darajasida tayyor sifatli va tekin mahsulot turganda, uni özimiz işlab çiqişga urinişimiz – mantiqsizlik. Bu bilan jahondan uzilişga qaror qilgan bölamiz. Şu örinda davlat rahbari oçiqlik siyosati ortga qaytmasligini e'lon qilgani ğoyat ahamiyatli.
Agar qabul qilingan qonun amaliyotga kiritilib, muzokara jarayonlari kutilgan natijani bermasa, bizning onlayn erkinligimiz har qaçongidan ham köproq xavf ostida qoladi.
Ayni paytda mamlakat içida xoh u biznes bölsin, xoh odamlar örtasidagi muloqot bölsin, ijtimoiy tarmoqlarning roli beqiyos. Raqamli dunyoning zamonaviy voqeligi ayni paytda uzilib qolişi har qanday sohada jiddiy pasayişga olib keladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi