O‘zbekiston | 13:47 / 01.06.2021
6468
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda 1 kunda 9 ta bolalar bog‘chasi ochildi

«1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»da Xorazm viloyatida 9 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Urganch shahrida 150 o‘ringa mo‘ljallangan 1 ta, Qo‘shko‘pir tumanida 2 ta, Urganch tumanida 1 ta, Hazorasp tumanida 2 ta davlat MTT ish boshladi.

Xiva tumanida «Gandimiyon nihollari» va Bog‘ot tumanida 2 ta nodavlat MTT bayram sanasida bolalarga o‘z eshigini ochdi. Shovot tumanida «Baxtiyor bolalik uyi» MTT 75 bolani qamrab olgan holda ish boshladi.

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyat boshlashi natijasida 1215 nafar bola ta'lim-tarbiya jarayoni bilan qamrab olindi. 

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 16,4 milliard so‘m, nodavlat MTT uchun 10,1 milliard so‘m mablag‘ jalb qilindi.

Mavzuga oid