Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3ta mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
4 iyun kuni soat 10:50larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Baynalmilal ko‘chasida joylashgan 26-uy ro‘parasida "Nexia-3", "Lacetti" va "Mercedes-Benz" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida "Mercedes-Benz" rusumli avtomobilda bo‘lgan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi hamda "Lacetti" rusumli avtomobilda bo‘lgan bir yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026