Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mehr-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan farg‘onaliklar uylariga yetib kelishdi
“Mehr-5” operatsiyasi doirasida yurtimizga qaytgan farg‘onalik 3 nafar ayol va 6 nafar bola, doimiy yashash joylariga yetib kelishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i va bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan “Mehr-5” operatsiyasi natijasida Suriyadagi urush nuqtalariga borib qolgan va “Al-Hol” lagerida 3 yildan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola joriy yil aprel oyining oxirida O‘zbekistonga qaytarilib, Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirilgandi.

Qayd etilishicha, 4 iyun kuni kech soatlarda “Mehr-5” operatsiyasi doirasida yurtimizga qaytgan farg‘onalik 3 nafar ayol va 6 nafar bola, doimiy yashash joylariga yetib kelishdi.

Namangan viloyatining Pop tumani temir yo‘l vokzalida ularni viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari To‘lqinoy Tojiyeva hamda ushbu fuqarolar yashovchi shahar va tumanlar hokimliklari vakillari qarshi olishgan. Ushbu fuqarolar yashash manzillar bo‘yicha Farg‘ona shahri, Beshariq va Quva tumanlariga yetib kelishgan.

Avvalroq, Suriyadan O‘zbekistonga «Mehr-3» operatsiyasi doirasida 25 nafar ayol va 73 nafar bola qaytarilgani haqida xabar (https://t.me/kunuzFargona/1790) berilgan edi.