Toşkent viloyati Çirçiq şahrida «Mehr-5» operatsiyasida Suriyadan Özbekistonga olib kelingan 45 nafar bolaga tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar rasmiylaştirilib berildi. Şuningdek, yana 24 nafar bolaga birlamçi olingan guvohnomalariga sörovnomalar jönatilib, boşqa viloyatlardan takroriy guvohnomalar olişi ta'minlangan.

Davlat xizmatlari agentligi Toşkent viloyati boşqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, bolalarga tuğilganlik haqidagi guvohnomalar va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni topşiriş uçun Çirçiq şahar IIB, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi, vasiylik va homiylik organlari, psixologlar hamda tegişli davlat idoralari bilan hamkorlikda iş olib borilgan.

Şuningdek, sanalarga aniqlik kiritiş uçun «Mehr-5» operatsiyasi doirasida olib kelingan ayollar bilan farzandlarining tuğilgan kuni, oyi va yillari böyiça suhbatlar olib ötkazilgan, tibbiy ma'lumotnomalari bor yoki yöqligiga aniqlik kiritilgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning 30 aprel kuni Özbekiston hukumati «Mehr» seriyasidagi beşinçi maxsus operatsiyani ötkazdi. Tadbirda Suriyadagi uruş nuqtalariga borib qolgan, «Al-Hol» lagerida 3 yildan köproq vaqt davomida uşlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola Özbekistonga qaytarilgan edi.