Markaziy Osiyo suv xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy boğliq bölgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir. Bu yerda suv resurslari strategik ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy jihatdan, quruq va qattiq iqlimi tufayli hozirgi Özbekiston hududida har qanday sivilizatsiya saqlanib qolişi va taraqqiy etişining asosiy elementi suv resurslaridan foydalaniş hisoblanadi. Mintaqadagi dastlabki yirik şaharlar: Samarqand va Buxoro Zarafşon daryosi böyida, Urganç va Xiva Amudaryo böyida barpo etilgani ham bejiz emas. Uşbu hududlardagi davlatlar suv tufayli mintaqada ustun mavqega ega edi, tarixan ham suv mintaqada gegemonlikni ta'minlaşda eng muhim vosita edi.

Suv manbalaridan notöğri foydalaniş natijasida mintaqada turli jiddiy muammolar paydo bölmoqda va ayançli holatga tuşgan Orol dengizi bunga yorqin misol.

Ilgari dunyodagi törtinçi yirik köl bölgan Orol dengizi Markaziy Osiyo çöllari orasida joylaşgan. Sönggi 10 ming yillik davomida Orol tabiiy va antropogen omillar tufayli bir neça bor töldirilgan va quritilgan. 1960-yillar boşlarida butun mintaqada qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş işlari olib boriladi, bu esa intensiv suğoriş tizimlariga olib keldi. Suğorma dehqonçilik suvga juda talabçan paxtaning ehtiyojlarini qoplaş uçun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada suğorişning barqaror bölmagan kengayişi Orol dengiziga quyiladigan ikki daryo suvini quritib yubordi va şu bilan dengizga suv oqimi uzildi.

Ötgan asr davomida bir qança omillar Orol dengizida suv sathi kamayişiga ta'sir ötkazgan. Xususan:

  • 1913 yilda Orol dengiziga boradigan suv bilan suğoriladigan yerlar maydoni 3,2 mln gektar bölgan bölsa, 1985 yilga kelib bu körsatkiç 6,9 mln gektarga yetgan;
  • turli ehtiyojlar uçun Orol dengizidan sarflanadigan suv 1960-yillarda 63 km kub, 1980 yilda esa 95 km kubni taşkil etgan;
  • XX asr davomida Orolböyi hududlarida, Markaziy Osiyo va qisman Afğoniston aholisi soni 14 mln.dan 65 mln.gaça ortgan.

Şuningdek, qişloq xöjaligi maqsadlarida yerning şörini yuvişga ham katta miqdorda suv sarflangan.

Ayni paytdagi vaziyat