Olimlar Arktikadagi dengiz muzlari qachon butunlay erib ketishini hisoblab chiqdi
Shimoliy Muz okeanidagi muz maydoni 1 million kilometr kvadratdan kamaysa, Arktika muzsiz qolgan hisoblanadi. Oldingi hisob-kitoblar iqlim o‘zgarishi tufayli Arktikadagi dengiz muzlari misli ko‘rilmagan darajada tez - har o‘n yilda 12 foizdan ko‘proq yo‘qolishini ko‘rsatgan edi.

Foto: Getty Images
AQSh va Shvetsiya olimlaridan iborat guruh Arktikadagi dengiz muzlari qachon butunlay erib ketishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu muddat oldinroq taxmin qilinganidan ertaroq kuzatiladi.
Oldingi hisob-kitoblar iqlim o‘zgarishi tufayli Arktikadagi dengiz muzlari misli ko‘rilmagan darajada tez — har o‘n yilda 12 foizdan ko‘proq yo‘qolishini ko‘rsatgan edi. 2024 yilda muz maydoni 4,28 million kilometr kvadratni tashkil etgan — bu 2012 yil sentabrda qayd etilgan tarixiy minimumdan oshiqdir.
Shimoliy Muz okeanidagi muz maydoni 1 million kilometr kvadratdan kamaysa, Arktika muzsiz qolgan hisoblanadi. Ilgari bu 2030 yillarda sodir bo‘lishi prognoz qilingan edi.
Yangi tadqiqot davomida mutaxassislar 300 dan ortiq raqamli simulyatsiya o‘tkazib, kompyuter modellaridan foydalangan. Testlarning aksariyati Arktika dengiz muzlaridan 2023 yildan keyingi to‘qqiz va yigirma yil oralig‘ida xalos bo‘lishini ko‘rsatgan. Eng erta prognoz — 2027 yil, yana to‘qqizta model Shimoliy Muz okeanidagi muzlar 3-6 yildan keyin erib ketishini ko‘rsatmoqda.
Olimlarning aniqlashicha, ekstremal ob-havo hodisalari seriyasi 2 million kilometr kvadrat muzlik qisqa muddat ichida erib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin: kutilmagan iliq kuz avvaliga dengiz muzlarini zaiflashtiradi, uning ortidan iliq arktik qish va bahor muzliklarning shakllanishiga imkon bermaydi.
Dengiz muzlari Arktikani isishdan asrab, quyosh nurini kosmosga qaytaradi. Muzlar quyosh nurini kamroq qaytarishni boshlasa, okean suvlari ularni ko‘proq yuta boshlaydi va Arktikada harorat ko‘tariladi.
Bundan tashqari, Arktikada haroratning ilishi shamol hamda dengiz oqimlarining yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin, bu esa butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo sharoitini yuzaga keltiradi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi yangiliklar ham bor. Tadqiqotlar davomida aniqlanishicha, issiqxona gazlarining qisqarishi Arktika muzlarining erish muddatini kechiktirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Issiqlik ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi
O‘zbekiston | 17:15
-
Parlamentlararo muloqot yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi
O‘zbekiston | 17:11
-
Kaspiy marvaridi – Bokuga fotosayohat
Jamiyat | 17:07
-
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi
O‘zbekiston | 17:02
Mavzuga oid

08:40 / 28.03.2025
Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari

05:54 / 24.03.2025
Muzliklar erishi oqibatida 2 mlrd odam jabr ko‘radi

23:15 / 12.03.2025
Braziliyada iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun daraxtlar kesib tashlandi

15:43 / 12.03.2025