2024 yil dekabriga kelib Markaziy Osiyo aholisi 80 million kişidan oşdi. Sönggi 24 yil içida hududda aholi soni qariyb 1,5 barobar köpaydi. Bunday ma’lumotlar Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) makroiqtisodiy prognozida keltirilgan.
Qayd qilinişiça, mintaqa aholisi har yili örtaça 1 million kişiga köpayib, barqaror demografik ösiş davom etmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Tojikiston va Özbekiston demografik ösiş böyiça yetakçi bölib qolmoqda. Tojikistonda aholi soni joriy yilning 1 yanvar holatiga köra 10 million kişini taşkil etdi, bu 1991 yilga nisbatan 80 foizga köpdir. Özbekistonda aholi sonining yillik ösişi 1,1-1,2 foizga teng. Mamlakatda 36,7 milliondan ortiq aholi itsiqomat qiladi. Bu hududdagi aholi eng ziç joylaşgan mamlakat bölib qolmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari aholisi soni (mln kişi):
36,7 – Özbekiston;
20,0 – Qozoğiston;
10,0 – Tojikiston;
7,1 – Qirğiziston;
7,0 – Turkmaniston.
Markaziy Osiyo aholisining örtaça yoşi taxminan 26,2 yoşni taşkil etadi, bu esa yoşlarning ustunligini körsatadi.
Aholining tez ösişi Markaziy Osiyo davlatlari oldiga barqaror iqtisodiy rivojlanişni ta’minlaş, iş örinlarini yaratiş va hayot sifatini yaxşilaş kabi vazifalarni qöyadi.












