Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi – Suares, Neymar Kuadradoga qarshi. Amerika kubogi-2021 taqvimi va anonsi
Yevro-2020 boshlanishidan keyin okean ortida 2021 yilgi Amerika Kubogi bahslariga ham start berildi. Janubiy Amerika mamlakatlari o‘rtasida o‘tayotgan hisob bo‘yicha 47-turnir mezbonligi Kolumbiya va Argentinadan Braziliya maydonlariga ko‘chirilgan. 10ta jamoa ishtirok etayotgan turnir 14 iyun kuni start olib, final o‘tadigan – 11 iyul kuniga qadar davom etadi.

Turnirning 10 jamoasi ikki guruhga bo‘lingan holda 5 turda 4tadan o‘yin o‘tkazib, chorakfinalchilarni aniqlashadi. So‘ng yarimfinal va final ishtirokchilari ma'lum bo‘ladi. O‘yinlar Braziliyaning Rio-de-Janeyro, Brazilia, Kuyaba va Goyaniya shaharlaridagi jami 5ta stadionda o‘tkaziladi.
Bugun, 14 iyun Toshkent vaqti bilan tongda dastlabki ikki o‘yin o‘tkazilib, unda Braziliya Venesuelani (3:0), Kolumbiya esa Ekvadorni (1:0) mag‘lub etdi.
Bugun, 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi, musobaqaning 2015 va 2016 yildagi finalchilari - Argentina va Chili milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ushbu bahsda Messi va Sanches qarama-qarshiligi guvohiga aylanishimiz mumkin. Oldingi ikki finalda Aleksis Lioneldan omadliroq chiqqandi.
Shuningdek, guruh bosqichi davomida 19 iyun kuni «A» guruhida Argentina – Urugvay bahsida Messi – Suares to‘qnashuviga ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. «B» guruhida esa Neymar yetakchiligidagi Braziliyaning Kuadrado sardorligidagi Kolumbiyaga qarshi bahsi ham e'tiborli qarama-qarshilikka aylanadi.
Final 11 iyul kuni turnirning amaldagi g‘olibi Braziliya milliy jamoasining uy stadioni sanalmish afsonaviy «Marakana» stadionida o‘tkaziladi.

Amerika Kubogi-2021 taqvimi bilan tanishing:
«A» guruhi
15 iyun (seshanba)
02:00. Argentina - Chili
05:00. Paragvay – Boliviya
19 iyun (shanba)
02:00. Chili - Boliviya
05:00. Argentina - Urugvay
22 iyun (seshanba)
02:00. Urugvay - Chili
05:00. Argentina - Paragvay
25 iyun (juma)
02:00. Boliviya - Urugvay
05:00. Chili - Paragvay
1 iyul (payshanba)
05:00. Urugvay - Paragvay
05.00. Boliviya - Argentina
«V» guruhi
14 iyun (dushanba)
Braziliya – Venesuela – 3:0
Kolumbiya – Ekvador – 1:0
18 iyun (juma)
02:00. Kolumbiya - Venesuela
05:00. Braziliya - Peru
21 iyun (dushanba)
02:00. Venesuela - Ekvador
05:00. Kolumbiya - Peru
24 iyun (payshanba)
02:00. Ekvador - Peru
05:00. Braziliya - Kolumbiya
28 iyun (dushanba)
02:00. Braziliya - Ekvador
02:00. Venesuela - Peru
1/4 final o‘yinlari
3 iyul (shanba)
1-chorakfinal. 02:00. 2B - 3A
2-chorakfinal. 05:00. 1B - 4A
4 iyul (yakshanba)
3-chorakfinal. 03:00. 2A - 3B
4-chorakfinal. 06:00. 1A - 4B
Yarimfinal o‘yinlari
7 iyul (chorshanba)
04:00. 2-ChF g‘olibi – 1-ChF g‘olibi
06:00. 4-ChF g‘olibi – 3-ChF g‘olibi
3-o‘rin uchun o‘yin. 10 iyul (shanba). 05:00
Final. 11 iyul (yakshanba). 05:00.
