Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident shu hafta Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi - Sherzod Asadov
Shavkat Mirziyoyev shu hafta Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi.
“Bugun, 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish, Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taqdimot bo‘lishi kutilmoqda.
Ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish, 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.
Shuningdek, joriy haftada prezidentimiz Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadilar”, dedi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, bular haqida O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026