Kun.uz muxbiri bu borada mamlakatni kutayotgan qiyinçiliklar, sohaga yangi texnologiyalarni jalb qiliş va umuman, suv muammolariga moslaşiş jarayonlari borasida qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov bilan intervyu uyuştirdi.

— Olimlarning ta'kidlaşiça, Markaziy Osiyo va jumladan, Özbekiston hududida sönggi ön yillikda oğir qurğoqçilik hukm surmoqda. Bu bizning mintaqa uçun tez-tez takrorlanib turadigan holatmi, yoki tarixan olganda bunday qurğoqçiliklar qança davom etişi mumkin?

— Haqiqatan ham yer şarida qurğoqçil mintaqalar bor. Markaziy Osiyo mintaqasi şunday hududlardan biri. Bu joylarda qurğoqçilik davriy ravişda takrorlanib turadi. Tariximizda qattiq qurğoqçilik bölgan yillar ma'lum.

Men oxirgi yuz yillikdagi atmosfera yoğinlari ma'lumotlarini tahlil qilib çiqdim va unda ma'lum böldiki, şu yuz yilda qişloq xöjaligi va umuman suvga bölgan talab uçun bor-yöği 7 yilda yetarliça yomğir yoğgan ekan. Bu 100 foizdan 7 foiz degani. Şu bilan birga, bu yillarda 8 yil juda qattiq qurğoqçilik davri bölgan. Bu yillarda suv ta'minoti 40 foizgaça pasayib ketgan.

Mintaqamizning oxirgi 100 yillik tarixidagi eng qattiq qurğoqçilik 1917 yilda röy bergan. Bunda insoniyat, hayvonot va ösimliklar dunyosi jiddiy zarar körgan.

1960 yillargaça bizda qurğoqçilik kam bölgan. Kuzatişlardan ma'lumki, aynan şu yillardan keyin qurğoqçilik har 7-8 yilda bir marta takrorlanadigan bölib qoldi. 2000 yillardan keyin esa bu davr yanada tezlaşdi.

Şu örinda yana bir gap, oxirgi yuz yil içida atmosfera yoğinlarining talabga nisbatan köproq bölişi bor-yöği bir marta kuzatilgan. Bu 1969 yilga töğri keladi va şu yili umumiy körsatkiçga nisbatan 150-160 foiz suv bölgan.

Xöş, bu nimaning oqibati? Bu holat asosan iqlimning global isişi bilan boğlanyapti. Hozir butun dunyo olimlari, şuningdek, BMT bu muammo böyiça jiddiy izlanyapti.

Oxirgi 10-15 yilda qor yoğişi ham keskin kamayib ketdi. Yomğir esa juda qisqa vaqt yoğyapti. Hozir 2-3 sutkali intensiv, maydalab yoğadigan yomğirlar qolmadi hisob. Bunday yomğirlar aynan qişloq xöjaligi uçun foydali, tuproqqa singişi yaxşi bölgani uçun ham kerak.

Yomğir çala yoki juda tez yoğib ötib ketayotgani uçun u tuproqqa singmayapti. Buğlaniş esa köpayib ketyapti.