Sarlavhadagi savolga javob izlaşdan oldin nega zamonaviy texnologiyalar va beqiyos tadqiqotlar davrida olimlar hanuz bu virusga qarşi samarali dori vositasi yarata olişmayotganini tahlil qilib köraylik:

1. 16-18 oy – yangi virusni töla örganib oliş, uning ma'lum qismlariga halokatli ta'sir qiladigan elementlarni yaratiş uçun çindan ham yetarli emas. Bu sabab fanni xijolatli vaziyatdan qutqarib turibdi, deb aytiş mumkin.

2. Bu boradagi tadqiqotlar juda qimmat, qaysidir olim yoki olimlar guruhi öziça uni moliyalaştira olmaydi. Davlatlar budjeti esa oldindan rejalaştiriladi. Moliyaviy tomoni hal bölişi masalaning yeçimini anglatmaydi. Aksinça, dastlabki qadamlar qöyilişining bir belgisi, xolos.

3. JSST mana şunday vaziyatda jilovni qölga olişi kerak bölgan taşkilot sifatida qaralişi özini oqlamadi. Bu taşkilot tavsiyalar beriş bilan çeklanib qolgandek taassurot qoldirdi.

4. Dunyo olimlari yagona frontga birikişmadi, insoniyatni ojiz qoldirgan virusga qarşi kuraşda hamjihatlik emas, liderlikka intiliş kuzatildi. Bu ayniqsa, vaksina tayyorlaşda yaqqol namoyon böldi.

5. Vaksinatsiyaga haddan ziyod umid bildirildi. Holbuki, bu kasallikka qarşi kuraşda bir uslub bölib, virusning özini halok qiluvçi kuçli dorilar ikkinçi darajaga tuşib qoldi.

Virusning ştammlariga qaytamiz. Köpçilik koronavirusning bir neçtagina ştammi bor, deb öylaydi. Aslida ular juda köp, minglab. Ayni paytda olimlar bir neça ming ştammni aniqlaşga muvaffaq bölgan. Yaxşiki, bu ştammlarning hammasi ham keng tarqalmagan. Ana şulardan keng tarqalganlari bir neçta.

Alfa

Dastlabki bir yil insoniyat bu kasallikni heç qanday ştammsiz, yagona virus sifatida bilib keldi. Ammo 2020 yilning dekabrida Alfa-ştamm – SARS-CoV-2 rasman qayd etildi va örganila boşlandi. Bu ştamm dastlab oktyabr oyida Buyuk Britaniyada aniqlangani bois «britança ştamm» nomini oldi. Ölim körsatkiçi bu ştammda nisbatan yuqoriligi qayd etildi va vahimaning yangi tölqini boşlandi. Özbekistonda bu ştamm dastlab 2021 yilning 23 yanvar kuni BAAdan Toşkentga oila a'zolari bilan qaytgan 10 yoşli qizda aniqlangan.

Beta

Ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan bu ştamm SARS-CoV-2 Beta-ştamm deb ataladi. 2020 yilning 18 dekabrida JAR soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan aniqlangan bu ştammning öziga xosligi yoşlarni ham birvarakayiga zararlayotgani bilan jiddiy e'tiborga molikligi edi. Aynan mana şu ştamm koronavirusning ikkinçi tölqini töğrisidagi gap-sözlarga sabab bölgan. Keyinçalik bunday «tölqin»lar köpayib ketdi.