Respublika ilğor texnologiyalar markazida koronavirusning britança, brazilça va afrikaça kabi mutatsiyaga uçragan ştammlarini aniqlaş yölga qöyilgan. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Botir Qurbonov xabar berdi.

Mutasaddining ma'lum qilişiça, Özbekistonda ham Britaniya, Braziliya, Janubiy Afrika ştammi va boşqa mutatsiyaga uçragan ştammlarni aniqlaş imkoniyati mavjud. Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşidagi Respublika ilğor texnologiyalar markazida koronavirus infeksiyasining mutatsiyaga uçragan turlarini aniqlaş yölga qöyilgan.

«Jumladan, 2021 yil 10 yanvarida mamlakatimizda birinçi marta britança ştamm ham şu markazda aniqlangandi va bu töğrisida rasmiy bayonot berilgan edi», dedi Botir Qurbonov.

Ta'kidlanişiça, virusning yangi yoki eski ştammiga qaramasdan, kasallangan bemorlar tibbiyotga murojaat qilişlari va maxsus şifoxona yoki uy şaroitida davolanişlari lozim. Şuningdek, uy şaroitida davolanayotganlar va u bilan muloqotda bölganlar ham töliq nazoratga olinadi.

Bundan avvalroq, Özbekistonda 24 mart kuni kunlik ösiş böyiça yangi antirekord qayd etilgani va yana bir bemor vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.