Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamera va radarlarda qayd etilgan qoidabuzarliklardan davlat budjetiga 724 mlrd so‘m tushgan
2018-2020 yillar davomida foto va video maxsus vositalari orqali aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari va ularga nisbatan belgilangan jarimalar 2018 yil davomida foto va video maxsus vositalar orqali 621 355ta qoidabuzarliklar bo‘yicha 208,4 mlrd. so‘mlik jarimalar belgilangan.
Parlament saytida xabar qilinishicha, 2019 yilda 1 227 844ta holatda 481,8 mlrd. so‘mlik, 2020 yilda esa 1 763 691ta holatda 724.6 mlrd. so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan. Bu 2018 yilga nisbatan aholi tomonidan to‘langan jarima summasi miqdori 28,3 foizga oshgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi taqdim etgan ma'lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtirilgan ma'muriy qarorlardan norozi bo‘lib sudga shikoyat qilish holatlari ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
E'tiborli jihati, murojaat qilganlarning aksariyatini shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilgan. Xususan, 2020 yil davomida 19 134ta shu soha bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning 89,2 foizi, ya'ni 17 073tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 5 778ta ish bo‘yicha ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 2021 yilning 1-choragida 3 481ta ko‘rilgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlardan 2 612tasi yoxud 75 foiz ishlar qanoatlantirilgan”, deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, qonunchilikka binoan yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganini bildiruvchi yo‘l belgisi harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart. Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish belgilangan. Ammo, deputatlar amalda bu tartibga har doim ham amal qilinmayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, YPX xodimlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillardan foydalangan holda yashirin usulda xizmat olib borayotgan holatlar kuzatilayotgani qayd etildi. Ko‘chma maxsus moslamalar yo‘llarda yashirin ravishda o‘rnatilgan holatlar ham yo‘q emasligi deputatlar tomonidan ma'lum qilindi. Bu kabi holatlar huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanilayotgan jarimalar yuzasidan haydovchilar va jamoatchilikning haqli e'tirozlariga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:45 / 12.06.2026
Toshkentda xavfli harakatlangan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:02 / 20.04.2026
Sovuq qurolga oid qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
22:36 / 02.04.2026