Toşkent şahrida içki işlar organlari xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmasdan xavfli harakatlangan Cobalt öq uziş orqali töxtatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Cobalt rusumli avtomaşina bir neçta transport vositalariga şikast yetkazib, qoçib ketganini köriş mumkin. Voqea 11 iyun kuni taxminan soat 21:30 da sodir bölgan, avtomobilni ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasida röyxatda turuvçi 44 yoşli R.Y. boşqargan.
Qayd etilişiça, u öz boşqaruvidagi Cobalt’da Yakkasaroy tumani Şota Rustaveli köçasi böylab yöl harakati qoidalarini buzgan holda, özgalar hayotini xavf ostiga qöyib harakatlangan. Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmasdan, harakatni davom ettirib, bir neçta transport vositalariga texnik şikast yetkazgan.
Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu fuqaro tomonidan boşqa fuqarolarga zarar yetkazilişining oldini oliş maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirişdan söng avtomaşina ğildiragiga öq uziş orqali töxtatilgan va keyingi noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Holat Toşkent şahar IIBB boşliği tomonidan nazoratga olingan.











