«O‘zgidromet» 7 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi kutilayotgani haqida ma'lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25–27 daraja, kunduzi 41–43 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi, Ustyurtda ba'zida 23–28 metr/sekundgacha changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 40–45 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 41-46 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 41–46 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
- Bundan oldinroq O‘zbekistonda 6–8 iyul kunlari Erondan issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli jazirama issiq kuchayishi kutilayotgani, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 5–8 darajaga yuqori bo‘lishi ma'lum qilingandi.