09:00 / 13.07.2021
7685
Reklama

G‘aroyib imkoniyatlarga ega Neo QLED televizori endi O‘zbekistonda

Samsung kompaniyasi sizga yanada qulayroq bo‘lishi va tomosha qilishdan yaxshiroq taassurotlar olishingiz uchun Neo QLED televizorlarining yangi avlodini taqdim etadi.

Bugun biror yangi narsani o‘ylab topish imkonsizday bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq Samsung bu vazifani a'lo darajada uddaladi! E'tiboringizga texnologiyalar olamida innovatsion olamshumul voqeaga aylangan televizorni taqdim etamiz.

Samsung Neo QLED – bu uydan chiqmasdan turib, sevimli ijrochining konsertida bo‘lish yoki futbol maydonidagi tribunadan sevimli jamoangiz uchun muxlislik qilish demakdir.

Noyob yoritish texnologiyasi, yangilangan grafik protsessor va mutlaqo yangi dizaynerlik yechimi – bu Neo QLED maqtanishi mumkin bo‘lgan yangiliklarning kichik bir qismi, xolos.

Detallar kam – qulayliklar ko‘p

Televizor tanlar ekanmiz, biz uning nafaqat texnik imkoniyatlariga, balki tashqi dizayniga ham e'tibor qaratamiz. Samsung kompaniyasi o‘zining yangi televizorlarida barcha ortiqcha detallarni kamaytirgan. Ekran ramkasining o‘lchami bor-yo‘g‘i 0,8 mm, bu televizor deyarli ramkasiz ekanini bildiradi. Neo QLED televizorini devorga taqagan holda osib qo‘yish mumkin, buning uchun firmaning o‘zida ishlab chiqilgan Slim Fit mahkamlagichi ko‘zda tutilgan.

Yorqinroq va keskinroq

Quantum Matrix Pro texnologiyasi maksimal darajada detallashtirilgan tasvirni yaratadi, buni ayniqsa qorong‘i sahnalarda payqash mumkin. Neo QLED chuqur qora rangni bergan holda barcha detallarni yanada tiniqroq ko‘rsatadi.

Va, albatta, tasvirning asosiy xususiyatlaridan biri – bu Neo Quantum 8K protsessori. Televizorning ushbu elementi hatto past sifatli kontentni ham yaxshi sifatda ko‘rish imkonini beradi. Chip tasvirni maksimal 8K yechimgacha ko‘lamlashtiradi. Natijada, nuqsonsiz a'lo sifatli tasvirga ega bo‘lasiz.

Ajoyib  tovush

Televizor o‘zining minimalistik dizayniga qaramasdan yangi tovush ishlanmalari va hatto o‘rnatma sabvufer bilan ham jihozlangan. Eng asosiysi esa – u sun'iy intellektga ega. Masalan, OTS Pro funksiyasi ekrandagi har bir harakatni kuzatadi, bunda tovush dinamiklardan emas, balki televizor ekranining muayyan joyidan chiqayotganday taassurot qoldiradi.  

Tomoshabin begona shovqinlarga chalg‘imasligi uchun Samsung kompaniyasi ovozni kuchaytirish (AVA) funksiyasini ham ishlab chiqdi. Agar qo‘shni xonada bolalar shovqin qilayotgan bo‘lsa, Samsung Neo QLED tovush balandligini dialogning har bir so‘zini tushunsa bo‘ladigan tarzda to‘g‘irlaydi.

Maroqli geyming

Samsung Neo QLED va geyming – bu ideal birikma. Televizor Super Ultrawide GameView funksiyasiga ega, u ko‘rish burchagini oshirish va o‘yin realistik bo‘lishi uchun ekran holatini to‘g‘irlash imkonini beradi. O‘zingizni ko‘p ming sonli tribunalar qurshovidagi futbolchiday his qilishingiz, poygalarda qatnashishingiz, o‘zga dunyolarga to‘liq sho‘ng‘igan holda sayohat qilishingiz mumkin.

Yanada ko‘proq tafsilotlarni havola bo‘yicha bilish mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: www.samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top