Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti 3 oy ichida toliblar ustidan g‘alaba qozonishga va'da berdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 3 oy ochida «Tolibon» harakati mag‘lub etilishiga va mamlakatdagi vaziyat o‘nglanishiga va'da berdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.
«Mamlakatda xavfsizlik borasidagi vaziyat yaqin 3 oy ichida ancha yaxshilanadi. Toliblar mag‘lub etilib, ular egallab olgan hududlar qaytariladi», deb aytgan Afg‘oniston prezidenti.
G‘ani toliblar ustidan g‘alaba qozonish uchun milliy birdamlik zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
Hozirda Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasida janglar bormoqda. Toliblar AQSh qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilayotgani ortida faollashgan. Harakat Afg‘onistonning qishloq tumanlaridagi katta hududlarni egallab, hozirda yirik shaharlarga hujumga o‘tmoqda.
Ayni vaqtda amerikalik harbiylarning 95 foizdan ko‘prog‘i Afg‘onistonni tark etib bo‘ldi. Barcha qo‘shinni avgust oxirigacha olib chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026