Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi boş ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, joriy yilning yanvar–iyun oylarida avtomobil bozorida maşinalarga bölgan talab ortdi.
Avtomobil bozorida talabning özgarişi
«2021 yilning iyun oyida avtomobil bozorida aholining talabi joriy yilning may oyiga nisbatan 13,7 foizga oşib, mö'tadil ösişni körsatdi», deya qayd etadi mutaxassis.
Manbaga köra, mazkur davrda avtomobillar savdosining ösişi 2020 yilning iyun oyiga nisbatan 12,9 foizni, 2019 yilning şu paytiga qaraganda 29,6 foizni taşkil etdi.
Ötgan 6 oy davomida röyxatga olingan va qayta röyxatga olingan avtomobillar soni barça viloyatlarda (Sirdaryo viloyatidan taşqari) yuqori sur'atlarda oşdi. Eng yuqori ösiş sur'atlari Namangan (22,6 foiz), Navoiy (20,9 foiz), Samarqand (18,8 foiz), Farğona (16,2 foiz) va Toşkent (16,4 foiz) viloyatlarida qayd etildi.
Mazkur davrda avtokreditlar hajmi 10 foizga oşişi röyxatga olingan va qayta röyxatga olingan avtomobillar sonining 4 foizga köpayişiga olib keldi. Xususan, yanvar–may oylarida respublika böyiça aholiga 2,67 trln sömlik avtokreditlar berilgan. Bu 2020 yilning şu davriga nisbatan 40,5 foizga köp.
Neçta yangi avtomobil röyxatga olindi?
2021 yilning iyun oyida Özbekistonda 18 ming 900ta yangi avtomobil röyxatga olindi. Ulardan 1 ming 171 tasi (6,2 foizi) çet elda işlab çiqarilgan.
Xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan avtomobillar eng köp sotilgan hududlar Toşkent şahri (yangi avtomobillarning 11,8 foiz), Toşkent (5,7 foiz), Samarqand (3 foiz) va Xorazm (2,4 foiz) viloyatlari böldi.
Örganişlarga köra, 2020 yili respublikada karantinning eng oğir bosqiçi aprel oyiga töğri keldi va bu avtotransport vositalari savdosining 73,8 foiz pasayişiga sabab böldi. Biroq iyun oyida avtosalonlar yana iş boşladi va yilning ikkinçi yarmida bozorda ösiş kuzatildi.
Avvalroq, mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7 foizga oşib, barqaror ösiş sur'atlarini körsatgani xabar qilingandi.













