Sport | 20:02 / 20.07.2021
11374
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada shiori ilk bor o‘zgartirildi

Olimpiada shiori tarixda birinchi marta o‘zgartirildi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rasmiy vakili Mark Adamsning aytishicha, bu sportchilar bilan birga ishlovchi odamlarning mehnatini alohida ta'kidlab o‘tish maqsadida amalga oshirildi.   

Foto: Takashi Aoyama/Getty Images

Olimpiada shioriga “birgalikda” so‘zi qo‘shildi. Endilikda u “Citius, altius, fortius – communis!”, ya'ni “Tezroq, balandroq, kuchliroq – birgalikda!” kabi yangraydi.

Adamsning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, shiorni o‘zgartirish g‘oyasi “odam sportda ham, oddiy hayotda ham atrofidagi odamlar, jamoasiz tezroq, balandroq yoki kuchliroq bo‘la olmasligini” ta'kidlab o‘tishdan iborat.

“Olimpiada qadriyatlari nafaqat shaxsiy ustunlik, balki seni xoh murabbiy, oila yoki shifokoring bo‘lsin, jamoang qurshab turishidan iborat. Shiorni yangilash g‘oyasi shundaki, zamonaviy dunyoda tezroq yurishni istasang, buni mustaqil qilishing mumkin, biroq uzoqroqqa borishni istasang, buni birgalikda qilishing kerak”, deb aytgan XOQ vakili.

XOQning avvalgi shiori – “Citius, altius, fortius!” fransuz ruhoniysi Anri Didon tomonidan o‘ylab topilgan. Shior zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi Per de Kuberten tomonidan taklif etilib, 1894 yilda o‘tgan birinchi Olimpiya kongressida qabul qilingan. Ushbu shior birinchi marta 1924 yilda Parijda o‘tgan Olimpiadada yangragan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid