Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020. Ulug‘bek Rashidov va Tursunoy Rahimova g‘alaba bilan boshlashdi, akademik eshkak eshishdagi juftlik medallar uchun kurashdan chiqib ketdi
Olimpiadada 25 iyul kungi bahslarni o‘zbekistonlik sportchilardan birinchi bo‘lib akademik eshkak eshish vakillari boshlashdi.
2000 m masofada o‘tish bahsida qatnashgan Shahboz Xolmirzayev/Sobirjon Safaraliyev juftligi marraga 4-bo‘lib yetib keldi va medallar uchun kurashish imkoniyatini yo‘qotdi.
-68 kg vaznda qatnashayotgan taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ilk bosqichda malilik Seydu Fofanani 38:17 hisobida mag‘lub etdi. Rashidov keyingi bosqichda ushbu vaznning birinchi raqamli vakili, 3 karra jahon chempioni — koreyalik Li De Hunga qarshi dayanga chiqadi.
Boksda -51 kg vaznda ringga chiqqan Tursunoy Rahimova 1-bosqichdagi jangini o‘tkazdi va polshalik Sandra Drabikni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Tursunoy ushbu natijasi bilan Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan birinchi o‘zbek ayol bokschisiga aylandi. Keyingi bosqichdagi raqib — turkiyalik Buse Naz.
Mavzuga oid
23:47 / 11.07.2025
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
11:00 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
19:17 / 27.09.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. O‘zbekistonda yana 6 ta medal
13:59 / 27.09.2023