Namanganlik Sardorbek Safarov 6-sinfga ötdi. U otlarga qiziqadi. Köpkari çopuvçi çavandoz bölaman, deydi. Hatto egarlanmagan otda maşq qilaman, deb qölini ham sindirgan. Şunday bölsa-da, u oti bilan doim birga.
Pop tumanida yaşovçi Sardorbek har yili may tugab ta'til boşlanişi bilan internetsiz, mobil aloqasiz, hatto televizor ham körsatmaydigan toğlar orasiga yöl oladi.
Uning ota-onasi, yaqinlari dengiz sathidan 3500 metr balandlikda, Çotqol toğ tizmalarida çorvaçilik bilan şuğullanadi.





Bu hudud Araşan buloq atrofidagi toğlar va köllarga yaqin. Tabiati ança salqin. Yoz kunlari ham yomğir köp yoğadi. Butun Özbekiston böylab jazirama hukmron kunlarda ham bu yerda uyni isitiş uçun peçka yoqiladi.
Sentabr oyi örtalariga borib, yomğirlar qorga aylana boşlaydi.

Sardorbekning otasi Zokir Soliyevning sözlariga köra, çöponlik – ajdodlaridan qolgan meros. Katta çöpon toğlarda poda boqişni yoşligidan boşlagan, xuddi Sardorbek kabi.
Usta çöpon şu toğlar orasida "tişi çiqqani"ni ta'kidlaydi.


Çöponning aytişiça, aprel oyida çorvani olib, Kelinçaksoy nomli hududga kelib joylaşişadi. Qahramonimiz va uning oilasi aholining çorvasini boqişadi.


Bunday şaroitda yaşaşning öziga yaraşa yoqimli va maşaqqatli taraflari bor. Ayniqsa, ayol kişiga. Qahramonimizning onasi Munavvar Toşboyeva şu yerlarda yaşaşga örgangani, bu yerlar ikkinçi uyi bölib qolganini aytadi.
U erta tongda sigirlarni soğib, sutdan qaymoq ajratişga şaylanadi. Toğ öt-ölanlaridan töyingan sigir suti özgaça böladi.




Munavvar opa bir kunda 5-6 kg qurut tayyorlaşini aytdi. Tayyorlangan qurutlarni xaridorning özi ötovdan olib ketadi.
Munavvar Toşboyevaning aytişiça, şu işlar bilan kun ötkazmasa, bu yerda zerikib qoliş tayin.





Sardorbek ham bu yerda zerikmasligi va köp vaqtini Oqqaşqa laqabli oti bilan ötkazişini aytadi. Uning bu otidan taşqari Konfet va Qorabayir laqabli otlari ham bor.





Sentyabr kelişi bilan qahramonimiz maktabga otlanadi. Maktablar onlayn şaklga ötgan taqdirda ham, bu yerdan ta'lim olişning iloji yöq. Çunki aloqa çiqişi uçun toğ oralab kamida 20 km yöl bosiş kerak.
Nima bölganda ham çavandoz bölişni orzu qilayotgan Sardorbekka omad, oilasiga baraka tilab qolamiz.



Tohirjon Tursunov,
Kun.uz muxbiri
Tasvir va montaj ustasi — Boymirza Xalilov.












