Namanganda yana bir YPX xodimi YTH qurboni böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
YTH 2025 yil 25 noyabr kuni keçki payt Namangan şahrida sodir bölgan. Navoiy viloyati IIB YHXB xodimi Doniyor Nurullayev yölni piyodalar yölagidan kesib ötayotgan vaqtida uni Onix maşinasi urib ketgan.
Onix’ni haydovçilik guvohnomasi bölmagan yigit boşqargani aytilmoqda. YPX xodimi oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum bölişiça, Doniyor Nurullayev Namangan şahriga da’volanib, soğligini tiklaş maqsadida borgan.
Doniyor Nurullayevning vafoti Navoiyda janoza xabarlari berib boriladigan Telegram kanalida ham e’lon qilindi. Qayd etilişiça, 28 yoşli YPX xodimi ikki farzandning otasi bölgan.
Namanganda 4 kun oldin, 21 noyabr kuni ham xizmat olib borayotgan YPX xodimi Onix urib ketişi oqibatida halok bölgandi. Unda ham maşinani tegişli hujjatlari bölmagan haydovçi boşqargan.

















