Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tuman FHDYo bo‘limi 4 mln so‘m qarz bo‘lgani uchun elektr energiyasi ta'minotidan o‘chirilgani ma'lum bo‘ldi
Yunusobod tumanidagi FHDYo bo‘limida hisobida 4 mln so‘m qarz miqdori mavjudligi uchun elektr energiyasi ta'minotidan uzib qo‘yilgan. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma'lum qildi.
Kun.uz mobil muxbiri orqali Yunusobod tumani FHDYo bo‘limida qariyb bir soatdan beri “svet” yo‘qligi haqida xabar e'lon qilingandi. Tuman elektr ta'minoti korxonasi mutasaddilariga ko‘ra, ushbu tuman FHDYo bo‘limi elektr energiyasidan jami 4 mln so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lib, FHDYo binosi elektr energiyasidan qarzdorlik sabab avtomatik ravishda tarmoqdan ajratilgan.
“Respublika bo‘ylab elektr energiyasining barcha iste'molchilariga ASKUE hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. O‘rnatilgan hisoblagichlarning qariyb 6 mln 500 mingdan ortig‘i billing tizimiga ulangan bo‘lib, hisob-kitoblar avtomat ravishda amalga oshirilmoqda. Bu elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazida (Data center) markazlashgan holatda boshqariladi.
Ayni vaqtda, tuman FHDYo bo‘limi tomonidan mavjud qarzdorlik bartaraf etilgandan so‘ng bino barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlangan”, deyiladi “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga bergan axborotida.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026