Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlarga ruxsatnoma berish 1 avgustdan boshlanadi
Bakalavriatga kirish testlarida qatnashish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 1 avgustdan boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi ma'lum qildi.
Ruxsatnomalarni my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
Ruxsatnomada test topshirish sanasi, joyi va shu kabi muhim ma'lumotlar qayd etilgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 5 avgustdan boshlanib, ochiq stadionlar va xiyobonlarda o‘tkaziladi.
Pandemiya sababli test topshiriqlari soni 105 tadan 70 taga qisqartirildi. Buning uchun jami 3 soat vaqt ajratiladi.
Bu yil davlat OTMlarining bakalavriatida kunduzgi ta'limga 113 530 ta kvota ajratilgan.
37 675 abituriyent sirtqi ta'limga, 6 550 nafari kechki ta'limga qabul qilinadi. Magistratura kvotasi – 12 900 ta.
Filiallar va nodavlat OTMlarda davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 500 ta kvota ham bor.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19:58 / 30.12.2025