AQShdan keltirilgan «Moderna» vaksinasi respublikaning barcha hududlariga taqsimlanadi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovning ma'lum qilishicha, keltirilgan 3 mln 60 ming doza «Moderna» vaksinasi o‘zbekistonliklarni emlash uchun butun mamlakat bo‘ylab tarqatiladi.
«Ushbu vaksina sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda respublikaning barcha hududlariga aholi sonidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi. Vaksina tez kunlarda kerakli joylarga yetkazib beriladi va emlash jarayonlarida foydalanish boshlanadi.
«Moderna» JSST favqulodda holatlarda foydalanish uchun ruxsat bergan 6 vaksinaning biri hisoblanadi. Bular: «Pfizer», «Moderna», «AstraZeneca», «Johnson & Johnson», «Sinopharm», «CoviShield» vaksinalari hisoblanadi», deydi Qurbonov.
O‘zbekistonda hozirga qadar ishlatilgan vaksinalar rekombinant vaksinalar bo‘lib, «Moderna» koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan ilk RNK oqsiliga asoslangan vaksinadir. Qurbonovning aytishicha, yil yakuniga qadar aholining ko‘proq qatlamini vaksina bilan qamrab olish uchun 660 ming doza «AstraZeneca», 1,2 mln doza «Pfizer», 1 million dozadan ortiq «Sputnik V» keltirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

00:36 / 14.01.2025
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi

11:34 / 06.12.2022
Pfizer va BioNTech kompaniyalari Moderna'ga qarshi patent da’vosi bilan sudga murojaat qildi

10:23 / 27.08.2022
Moderna va Pfizer o‘zaro sudlashadi

11:25 / 10.01.2022