10 yanvar kuni Özbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar qilişiça, endilikda Özbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani taşkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.Şundan qariyb 40 million dozasi emlaş jarayonlarida qöllanilgan.

Eslatib ötamiz, Moderna vaksinasining 3 million 60 dozasi 2021 yilning 30 iyul kuni Özbekistonga olib kelingan edi. Vaksina AQŞ tomonidan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX dasturi doirasida ajratilgandi.