Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik ayol suzuvchi bir Olimpiadadagi medallar soni bo‘yicha 69 yillik rekordni takrorladi
Avstraliyalik suzuvchi Emma Makkion Tokio Olimpiadasida 4x100 metrga kombinatsiyalashgan estafetada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Makkionning ushbu Olimpiadada qo‘lga kiritgan 7-medali bo‘ldi. E'tiborlisi, sportchi ushbu natija evaziga bir Olimpiada davomida 7ta medalni qo‘lga kirita olgan tarixdagi ikkinchi ayol sportchiga aylandi. Avval bunday natijani 1952 yilda sobiq ittifoq yengil atletikachisi Mariya Goroxovskaya qayd qilgan.
Ayni vaqtda Makkionning hisobida Tokio Olimpiadasining 4ta oltin (erkin usulda 4x100 metrga estafeta, erkin usulda 100 metrga va 50 metrga suzish, 4x100 metrga kombinatsiyalashgan estafeta) va 3ta bronza medali (batterflyay usulida 100 metrga suzish, erkin usulda 4x200 metrga estafeta va erkin usulda 4x100 metrga kombinatsiyalashgan estafeta) bor.
Makkiondan tashqari bir Olimpiada davomida 7ta yoki undan ortiq medalni qo‘lga kiritishga faqatgina 3 erkak suzuvchi — amerikalik Maykl Felps, Mett Biondi va Mark Spits muvaffaq bo‘lgan. Ulardan Felps 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi davomida 8ta medalni qo‘lga kirita olgan.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026