Pandemiya boşidan buyon rasmiy statistika böyiça zararlanganlar soni 197 mln kişidan oşgan, 4,2 mln kişi kasallik qurboniga aylangan. Hozirça Yer şari aholisining 14,4 foizi töliq emlangan.

Xitoyda yangi öçoq - Uhan davridan buyon eng yomon vaziyat

Xitoyda kasallik yana keng tarqala boşladi: dastlab töqqiz million kişi yaşaydigan Nankinda virus aniqlangaç, tez orada beşta provinsiya va Pekinda ham kasallik avj oldi. Rasmiylar virus samolyot orqali Rossiyadan kirib kelganini tusmol qilişmoqda.

Hozirça kasallanganlar soni 200 nafar atrofida, ammo hukumat naşrlari buni 2019 yil Uhanda epidemiya tarqalişidan keyingi eng jiddiy vaziyat sifatida baholaşmoqda.

Mahalliy rasmiylar yangi öçoq paydo bölişini «Delta» ştammi mamlakatga kirib kelişi bilan boğlaşmoqda, uning Nankindagi ilk taşuvçisi samolyot bortida işlagan farroş bölib,u 10 iyul kuni Rossiyadan uçib kelgan.

Nankin aeroporti 11 avgustga qadar yopilgan; hukumat şaharning 9,3 millionlik aholisini va şaharga keluvçilarni yoppasiga test qiliş kampaniyasini boşlagan. Boşqa hududlardagi test qiliş işlari şuni körsatmoqdaki, «Delta» yana 13 şaharga, şu jumladan poytaxt Pekinga ham yetib borgan.

Şu bilan birga, Global Times gazetasi bilan suhbatlaşgan ekspertlar kasallik avj olişi ilk bosqiçdayoq aniqlangani va virus keng tarqalib ketişining oldini oliş mumkinligini aytişmoqda.

Şu vaqtgaça xitoylik rasmiylar, ularning özlari bergan statistikaga köra, virusni muvaffaqiyat bilan jilovlab kelişayotgandi, bir neça holatlar aniqlangan kiçik öçoqlar darhol qat'iy karantinga olinib, hududlar çegaralari yopilişi samara berayotgandi.

Braziliya «Sputnik»dan voz keçdi - bu vaqtinça bölişi ham mumkin

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasining sertifikatsiyasi keçikişi munosabati bilan Braziliya uşbu vaksinaning 10 mln dozasi uçun şartnomani bekor qilmoqçi: Rossiyaliklarning Braziliyadagi hamkor kompaniyasi vaksina haqidagi kerakli ma'lumotlarni taqdim etmagan.