Bolalar koronavirusning «delta» ştammi bilan beş barobar köproq kasallanmoqda. Bu haqda Qozoğiston tibbiyot akademiyasi prezidenti, professor-immunolog Almaz Şarman ma'lum qildi.
Professor vaksina olmaganlar pandemiyaning eng xavfli bosqiçiga kirayotganliklarini anglaşlari lozimligini ta'kidlagan va koronavirusning delta-varianti haqida öz xavotirlarini bildirgan.
Jumladan:
- barça avvalgilariga qaraganda 60 foizga köproq yuqumli;
- ölim xavfini sezilarli darajada oşiradi;
- bolalar 5 barobar köproq kasallanmoqda;
- delta-variantini yuqtirişga eng köp moyil bölganlar vaksina olmaganlardir.
Dastlab Hindistonda aniqlangan bu ştamm ayni vaqtga kelib dunyoning 80dan ortiq davlatida aniqlangan. Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti bu ştamm butun dunyoni egallayotganidan xavotir bildirmoqda va 24 iyun kuni Özbekistonda ham bu ştamm aniqlangani ma'lum böldi.
Bu ştamm bolalarda köp uçrayotgani bilan xavf tuğdirmoqda
«Delta» ştamm yuqumliligi yuqori va vaksinalarga çidamliroq hisoblanadi. Hindistonda koronavirusdan soğaygan bolalar orasida multitizim yalliğlaniş sindromi bilan kasallaniş köpaygani aytildi.
Şuningdek, Özbekiston ham bu xavfdan xoli emas. SSV bolalar orasida koronavirusga çaliniş holatlari köpaygani haqida ma'lumot berib, Zangiotadagi maxsus kasalxonada 200 nafarga yaqin bolalar koronavirusdan davolanayotganini ma'lum qildi. Ammo bu bolalar koronavirusning qaysi ştammi bilan zararlangani haqida ma'lumot berilmagan. Ma'lumki, bugungi kunda vaksinatsiya jarayonlari faqat 18 yoşdan oşganlar orasida faol olib borilmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan homiladorlar va bolalar uçun vaksina yaratiş ustida iş olib borilayotgani va ba'zi vaksinalar klinik sinovlardan ötkazilayotgani aytilgan edi. Şu kunga qadar bolalar uçun tatbiq etilgan birorta vaksina haqida ma'lumot mavjud emas.

















