Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda 13 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Toshkentda 13 yoshli qizini 3 500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandi, deya xabar bermoqda shahar IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, joriy yil 17 may kuni Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan kafelardan birida shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari qo‘shni respublikalik 43 yoshli O.ni (ismlar o‘zgartirilgan) 13 yoshli qizini 3 500 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga oldi.
Bildirilishicha, hammasi ikkita ayolning kafedagi suhbatidan boshlangan. 43 yoshli O. ismli ayol A. ismli qiz bilan tanishib qolgan. Suhbat davomida O. munosib ish topa olmayotgani, xonadoni ta'mirga muhtojligi, oziq-ovqatga puli yetmayotgani haqida nolib qoldi. A. ismli qiz O.ga hamdardligini bildirgan, O. esa undan 13 yoshli qizini sotishda yordam so‘ragan. A. o‘ylab ko‘rib javob berishini aytgach, ayollar xayrlashgan.
Uyga qaytgach, A. yuqoridagi holat haqida tegishli organlarga murojaat qilgan. Ertasi kuni O. va A. shahar kafelaridan birida uchrashgan. O. o‘smir qizini pulga sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyatchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026