Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov Rimda. U 1 avgust kuni Portugaliyada yig‘in o‘tkazayotgan yangi jamoasiga borib qo‘shiladi
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov tez orada «Roma» futbolchisiga aylanadi.
Football Italia xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi German Tkachenko boshchiligidagi agentlari hamrohligida Rimga uchib borgan. Shomurodov 31 iyul kuni «Roma» qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 1 avgust kuni yangi jamoasining mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilish uchun Portugaliyaga jo‘naydi.
Avvalroq rimliklar klubi o‘zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olishi, Shomurodov uchun Genuya klubiga to‘lanadigan bir yillik ijara haqi 2,5 million yevroni tashkil etishi va transfer qiymati bonuslar hisobiga 20 million yevrogacha yetishi haqida xabar berilgandi.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, futbolchini sotib olish sharti u rimliklar jamoasida ma'lum miqdordagi o‘yinda maydonga tushsagina amal qiladi. Futbolchini sotsa «Jyenoa» keyinroq uning qayta sotilishidan 10 foizlik ulushga ega bo‘ladi.
2017 yilda «Bunyodkor»dan «Rostov»ga yo‘l olgan hujumchi 2019/2020 yillar mavsumida Rossiya chempionatida yorqin o‘yin namoyish etdi va 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jyenoa»ga o‘tgandi. Yakunlangan mavsumda ushbu forvard A Seriyada 31ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026
«Istanbul Boshoqshehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi
19:16 / 11.04.2026