Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda rahbarining avtomashinasiini olib qochgan xodim ushlandi
Andijon tumanida avtoturargohdan rahbarining «Cobalt» rusumli mashinasini olib qochgan erkak Namanganda ushlandi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 28 iyul kuni soat 16:00 larda fuqaro A.R Andijon tumani Xo‘ja mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oldidagi avtoturargohdan rahbari P.M.ning «Cobalt»ini yashirin ravishda olib qochgan.
Avtomobil Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi joylashgan hudud yaqinida ushlangan.
Holat yuzasidan A.R.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Andijonda jarimani vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
11:37 / 13.03.2026
O‘zbekiston avtomobil bozori: elektromobillarga talab oshib boryapti
12:23 / 03.03.2026
2026 yil yanvarda yengil avto ishlab chiqarish 22 mingdan oshdi
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
13:08 / 14.02.2026