O‘zbekiston | 21:42 / 05.08.2021
4788
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan yana 1 mln doza vaksina keltirildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

5 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC vaksinasining 1 mln dozasi olib kelindi. 6 avgust kuni ushbu vaksinadan yana 1 million dozasi keltirilishi rejalashtirilgan.

Shu kungacha O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy ( ZF-UZ-VAC) vaksinasidan 8,5 mln dozada keltirilgandi. Ushbu 2 mln doza bilan mazkur vaksinaning jami olib kelingan dozalari soni 10,5 mln.ga yetadi.

O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan yana 10 mln doza,  «Sputnik V» vaksinasidan 90 ming doza (2-komponenti) ham yaqin kunlarda olib kelinadi.

29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq shahridagi «Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi aytilgan edi.

Shundan:

  • Moderna — 3 mln doza;
  • Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza;
  • ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza;
  • Sputnik V — 1,7 mln doza olib kelish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid