Soğliqni saqlaş vazirligi özbekistonliklarni koronavirusga qarşi öz vaqtida emlanişga çaqirdi va vaksina olmay, kasallikka çalinib, şifoxonaga yotgan bemorlar orasida ölim holatlari kuzatilayotganidan ogohlantirdi. 

«Şu yilning yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonalariga jami 8601 nafar bemor murojaat qilgan bölib, ulardan 6856 nafarini kattalar, 811 nafarini homilador ayollar, 934 nafarini esa bolalar taşkil etdi.

Afsuski, uşbu bemorlarning 8243 nafari koronavirusga qarşi vaksina olmagan. Kasallanganlarning bor-yöği 358 nafari, ya’ni 4,1 foizi kovidga qarşi emlangan, xolos. Ularning orasida ölim holati qayd etilmagan.

Aksinça, vaksina olmagan bemorlarda kasallik oğir va öta oğir darajada keçib, hatto ölim holatlari ham kuzatilgan.

Şundan kelib çiqqan holda, Soğliqni saqlaş vazirligi yana bir bor yurtdoşlarimizni öz salomatligiga e’tiborli bölib, koronavirusga qarşi vaksina olişga hamda buster doza bilan emlanişga çaqiradi», deyiladi vazirlik xabarida.