Jahon | 15:39 / 07.08.2021
9480
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarni hamkorlikka chaqirdi

Nikolas Karter shuningdek, Afg‘oniston hukumati mamlakatning barcha hududlarini nazorat qila olmasligini bildirdi.

Foto: PA

Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Nikolas Karter Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarni terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirdi. Uning tegishli bayonoti The Times gazetasida e'lon qilindi.

"Urushning davom etishi Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlar uchun manfaatli emas. Ularning aksariyati millionlab qochqinlarni qabul qildi. Agar vaziyat barqarorlashmasa, yana bir necha million kishi Afg‘onistonni tark etadi. U holda terrorizm tahdidi o‘sishi yuqori bo‘ladi, chunki ekstremistlar bo‘shliqdan foydalanadi. Birga ishlash orqali bunga yo‘l qo‘ymaslik mumkin", — deyiladi Karterning bayonotida.

Karter shuningdek, Afg‘oniston hukumati mamlakatning barcha hududlarini nazorat qila olmasligini bildirdi.

Avvalroq AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni tark etishga chaqirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid